seksiya
bilan ulashing
1. Baʼzi idora, tashkilot, jamiyat va shu kabilarning alohida boʻlimi.
-
Oliy Majlis Doimiy komissiyasining sogʻliqni saqlash seksiyasi. Sport klubining shaxmat seksiyasi.
-
Bilim dargohida voleybol, basketbol, stol tennisi, shaxmat-shashka, eshkak eshish seksiyalari ishlab turibdi. Gazetadan
2. esk. q. Shuʼba.
-
Konferensiyaning imlo va nutq madaniyati seksiyasi. Terminologiya seksiyasi.
-
Kengashda uch seksiya: ijtimoiy-siyosiy terminologiya seksiyasi, lingvistik seksiya va texnika terminologiyasi seksiyasi tashkil etildi. OʻTA
3. Magazinning muayyan turdagi tovarlar sotishga ixtisoslashgan boʻlimi.
-
Tayyor kiyimlar seksiyasi.
4. Mashina, mexanizm, uskuna, asbob kabilarning quvur, truba va shu kabilar tizimidagi bir qancha qismlardan biri.
-
Bino seksiyalari. Truboprovod seksiyasi.
5. Turarjoy yoki sanoat binolarining tugallangan alohida qismi.
-
Poshsha xola kuz oʻngida Dorobbekning fayzsiz seksiyasi [kvartirasi] gavdalanib ketdi. D. Nuriy, Osmon ustuni
SEKSIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕКЦИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
seksiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar