imon
bilan ulashing
1. din. Xudoga boʻlgan ishonch, eʼtiqod; koʻngilda ishonish va tilda iqror qilish.
-
Imoniga, diniga mustahkam pokiza odam bor joydan ajina yuz chaqirim nariga qocharmish. S. Ahmad, Hukm
-
Vatanni sevmoq ham, ilm oʻrganish ham, kattalarni hurmat qilish ham, tozalik ham imondandir. Gazetadan
-
Masalan, Paygʻambarimizdan rivoyat qilinadiki, Imon oltmishdan ziyod shuʼbalardan — tushunchalardan tashkil topgan, hayo esa oʻshalarning biridir. Gazetadan
2. Umuman, ishonch.
-
Mufti oʻz ixtiyoridagi turli vositalar orqali Mirzoni tekshirib koʻrdi. Uning sof millatchi muhojir ekaniga imon hosil qildi. A. Hakimov, Ilon izidan
imon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Imon keltirmoq
-
Eshon boʻgʻilibroq davom etdi: — Yoʻq, bandaning ishi haq taologa imon keltirmoq! P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bu odamlar xudoga erta-yu kech ibodat qilar, har bir soʻzda unga imon keltirar edilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
Imoni komil
-
Biroq Elchiyevning imoni komilki, shu asnoda hech kim qizichalik qattiq kuymasdi unga. E. Aʼzamov, Javob
Imonini yutmoq (yoki yoʻqotmoq, sotmoq)
IMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
imon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar