sergak
bilan ulashing
1. Tez, darhol sezadigan; sezgir, ziyrak.
-
Sergak soqchi. Sergak boʻlmoq. Sergak tortmoq.
-
Kiyikdek sergag-u hush-yor chavandoz Qadam qoʻyganda togʻlar qilgan ovoz. Habibiy
-
Malohat ham sergak oʻtirar, ikki qulogʻi munozarada edi. S. Nurov, Narvon
2. Tez fahmlaydigan; zehni oʻtkir; farosatli.
-
Sergak oʻquvchi.
-
Koʻngil qoʻygan yigiting sergak boʻla qolsa, dilingdagini tushunib, gapingga monand javob qilsa R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
3. Uygʻoq; uxlagan emas.
-
Mahkam yoniga agʻdarilib yotdi va koʻzini yumdi. Lekin butun vujudi sergak edi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
— Darhol darvozalar yaqinidagi mahallalarga xabar qil, uxlamasinlar, sergak boʻlib tursinlar! — dedi Temirtosh. Yoshlik
SERGAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕРГАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
SERGAK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan SERGAK so‘ziga berilgan ma’nolar
sergak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
sergak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar