sharpa
bilan ulashing
1. Quloqqa chalinar-chalinmas tovush.
-
Toshpoʻlatov poyandoz solingan uzun koridordan bamaylixotir kirib borar ekan, oyoq sharpasini eshitib, ichkaridan Xosiyat xola chiqib keldi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Koridordan eshitilgan har bir sharpaga sergaklanib quloq solar edi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Kimsa yoki narsaning gʻira-shira, bilinar-bilinmas qorasi, ifodasi; shunday soya.
-
Haligi fonarning xiragina nuri tushib turgan tosh yonida bir sharpa qimirladi. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Anhorning toʻgʻonlari oldida odamlarning xira sharpalari uymalashar H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Otabek ketiga burilib, tashqari yoʻlakdan kirguvchi dadasi bilan Hasanali sharpasini oldi va oʻylanib toʻxtadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. koʻchma Dalolat beruvchi sezilar-sezilmas ifoda; belgi, alomat.
-
Shu payt yuragim mudhish bir narsaning sharpasini sezganday boʻldi. Guldasta
-
Goʻzal bahorning sharpasi yer va koʻkda, gul va yaproqda, oʻt-oʻlanlarda kezar edi. N. Safarov, Qayta tugʻilish
-
Oʻrtada adovatning xira sharpasi paydo boʻlgandek tuyuldi. F. Musajonov, Himmat
4. Yaltiroq narsa (masalan, koʻzgu) orqali biror joyga tushgan shuʼla, nur aksi.
-
Shipda sharpa oʻynay boshladi.
-
Anorxonning sariq va koʻk roʻmollarigina shom qorasida sharpaday miltillardi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
SHARPA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАРПА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sharpa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar