shitob
bilan ulashing
1. Harakatning bajarilishidagi tezlik; shoshilish, oshiqish.
-
Jonim olurgʻa keldingiz, Muncha shitobingiz nima? Huvaydo
-
Kema suvning shiddatiga dosh berolmay chayqalar Gʻayrat boʻtana suvning shitobiga qarab oʻylardi. M. Hazratqulov, Jurʼat
2. Tezlik bilan, tez.
-
Velosipedni shitob haydab kelganidan, nafasi ogʻziga tiqilib, aft-basharasi terlab ketgan edi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
-
Kelganining ikkinchi kuniyoq shitob remontga unnadi. H. Shams, Dushman
shitob soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shitob qilmoq (yoki aylamoq)
-
Har ishda shitob qilmagʻaysan, Bu demak, murodgʻa yetmagʻaysan. Fan va turmush
-
Oynakoʻlga borib qoldim, aylab men shitob, Koʻk kamzulli u ohuni izlab sarsari. A. Oripov
SHITOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИТОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shitob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar