shodiyona
bilan ulashing
1. ot Shod-xurramlik, tantana.
-
Bayram shodiyonasi. Gʻalabaga bagʻishlangan shodiyona.
-
Zuhra toʻyga koʻnmadi, deb boʻlmang tang, Toʻy boshlansin, shodiyona boshlansin S. Abdulla, Tohir va Zuhra
-
Bu tantana sendek farzandi bilan faxrlangan elning shodiyonasidir. E. Rahim, Yangi qadam
-
Fayziyob sentyabr oqshomlarining biri. Bogʻlarda, zumrad dalalarda mehnat shodiyonasi, qizlarning dilrabo yallasi avjida. E. Oxunova, Qadringni bil, dugonam!
2. sifatdosh Shod-xurramlik yoki tantana bilan oʻtadigan (oʻtgan, oʻtayotgan).
-
Shodiyona tuy.
-
U bu uydagi, qishloq ayollari taʼriflagan shodiyona uchrashuvlar, maroqli suhbatlar xayoli bilan mast boʻlib yurgan edi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Shu peshtoqlar, shu imoratlar Qad koʻtargay yillardan buyon, Mana shunday shodiyona damni Koʻrgan-bilgan emas hech qachon! E. Rahim
-
Birdan pastdan, togʻ qazuvchilar manzilidan shodiyona qichqiriqlar koʻtarildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. ot kam qoʻll. Xushxabar keltirgan kishiga beriladigan inʼom, sovgʻa; suyunchi.
SHODIYONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОДИЁНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shodiyona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar