shtamp
bilan ulashing
1. Muhrning odatda toʻgʻri burchakli turi, unda muassasa nomi, manzili va boshqalar koʻrsatilgan boʻladi.
-
Uning ichidagi ikkiga buklangan qogʻozning yuqorisida jurnalning shtampi boʻlib, ostiga oʻrtoq Saidiy deb yozilgan edi. A. Qahhor, Sarob
2. Turli materiallar (metall, plastmassa va boshqalarga) bosim bilan ishlov berib, muayyan shakldagi buyumlar tayyorlash uchun moʻljallangan asbob.
-
Plenum., shtamp va asboblarni almashtirish, ishlab chiqarila-yotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan aniq vazifalarni belgiladi. Gazetadan
-
Biz shtamp usulida detal ishlashni yoʻlga qoʻygandik, qirindi ancha kamaydi. Gazetadan
3. koʻchma Ishlatilaverib siyqasi chiqqan, tayyor namuna, bir qolipdagi gap yoki ibora; shablon.
-
Adabiy shtamp,
-
U gazeta sahifalarida shablon va shtampga yoʻl qoʻymaslik zarurligini aytadi. Gazetadan
-
Nutqning psixofiziologik, informativ va shtamp shakllari ogʻzaki nutq uchun ham, yozma nutq uchun ham xosdir. OʻTA
SHTAMP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШТАМП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shtamp so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar