sidir
bilan ulashing
1. Qoʻl barmoqlari yoki kaftni bosib, bir tomonga harakatlantirmoq.
-
Ergash qizargan yuzini kafti bilan sidirib qoʻydi A. Muxtor, Opa-singillar
-
Rahim Saidov titroq qoʻllari bilan son tolasini yuz-koʻzi aralash sidirib, kichkina yostiqcha bilan bitta boʻlib yotgan sochlariga sekin qoʻshib qoʻydi. U. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
2. Qoʻl barmoqlari bilan tortib yoki surib tushirmoq, tozalamoq.
-
Paypoqni sidirib, toʻpiqqa tushirmoq.
-
— Yomonlikka yaxshilik, — dedi oʻt yonida diydirab oʻtirgan Ubbiniyoz soqolidagi loyni sidirib. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
— Hozir juda qornim ochdi, — dedi Turgʻunboy peshonasidan terlarini sidirarkan. T. Ashurov
3. Artib, qirib yoki koʻchirib olib tashlamoq.
-
Bu yerda maydonning har bir qatlami sidirib olinib, takir yerda 500 mashina sigʻadigan katta avtobaza qurilayotgan ekan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Boʻtaboy ariq chetlaridagi oʻtlarni ketmonlab sidirdi. S. Ahmad, Hukm
-
Ovni nima qilaman! deb oʻyladi Yodgor non ushoqlarini sidirib olarkan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. koʻchma Olib tashlamoq; xoli qilmoq; ketkazmoq.
-
Eng musaffo xayol boʻlib ishq, Qiz qalbidan sidirdi dogʻni. O. Hojiyeva
-
Kulgi yuraklardagi gʻashlikni sidirdi. M. Ismoiliy, Bizning roman
sidir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sidirib solmoq
-
Sanobar bilan bir oz hazillashdik, kulishdik. Oʻshanda uning kennoyisi zarda bilan uni chaqirib, yigit kishining oldida hadeb hingillayverasanmi, deb sidirib solgan edi, — dedi Bahrom. M. Qoriyev, Oydin kechalar
Yuzini (yoki betini) sidirib tashlab
SIDIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИДИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sidir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar