sidra
bilan ulashing
1. Marta, karra, bora.
-
Jabborov texnikani yana bir sidra koʻzdan kechirish uchun besh kun imkoniyat borligini aytdi. N. Hayitqulov, Yer tafti
-
— Bugun ikki gektardan bir sidra terimda 38 sentner hosil koʻtaribmiz, — dedi brigadir. S. Akbariy, Choʻldagi parvoz
2. Odatda bir butunlikni tashkil etuvchi narsalarning toʻliq yigʻmasi, toʻplami.
-
Bir sidra kiyim.
-
Bola-chaqa maʼmur. Yegani oldida, yemagani ketida. Kiyim-kechakdan esa uch-toʻrt sidradan, — dedi Nafas Yoʻldoshevich. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
3. Ayni bir paytda; maʼlum muddatda; qachonlardir.
-
Bir sidra. Bir sidra shunday voqealar ham boʻlib oʻtgan edi.
-
Kumushning zaharli muammo maktubi bir sidra Otabekning koʻz oʻngidan oʻtib ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
SIDRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИДРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sidra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing