sifat
bilan ulashing
1. fls. Narsa, voqea, hodisa va shu kabilarni ularning oʻziga xos belgi va ichki xususiyatlariga koʻra ifodalovchi falsafiy tushuncha.
-
Miqdorning sifatga aylanishi.
2. Narsaning, kimsaning ijobiy yoki salbiy xususiyati, fazilati, xislati.
-
Inson sifatlari ichida kamtarlik eng yaxshi fazilatdir. Gazetadan
-
Navoiy Husayn Boyqaroda shoirlik, ilmparvarlik sifatlarini koʻrdi. Oybek, Navoiy
-
[Domla oʻz-oʻziga:] Hurmatli kitoblarda aytadilar: Sabrlilik — xudoning oyati, sabrsizlik — shaytonning sifati. Shularga amal qilib, bir oz sabr qolmoq kerak. Hamza, Tanlangan asarlar
3. Molning, mahsulotning yoki ishning yaroqlilik darajasi, qoʻyilgan talablarga qanchalik javob bera olishini belgilovchi xususiyati.
-
Mahsulotning sifatini yaxshilamoq. Ishning sifatini oshirmoq.
-
Nonning sifati uning namligi va gʻovakligi kabi xossalar bilan belgilanadi. Gʻ. Mahkamov, Dasturxonimiz fayzi
-
Fabrikamizda ilgʻorlar juda koʻp, ular ham mahsulot koʻlami uchun, ham sifati uchun kurashadilar. Gazetadan
4. Qoʻshma soʻz tarkibida “oʻxshash“, -simon kabi maʼnolarni bildiradi, masalan,
-
devsifat, odamsifat, ulugʻsifat.
5. tilshunoslik Predmetning belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi.
-
Nisbiy sifat. Tub sifat. Sifat darajalari.
sifat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sifatida
-
Bir adib sifatida aytishim mumkinki, bunday fazilatga erishish oson emas. S. Karomatov, Oltin qum
-
Men telepatiyaga ishonaman. Gʻarbda telepatiya maxsus fan sohasi sifatida oʻrganilayotgan emish Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
SIFAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИФАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sifat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar