deklaratsiya
bilan ulashing
1. Xalqaro huquqda va siyosat sohasida tomonlar (bir necha hukumatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro tashkilotlar va shu kabilar) tarafidan maʼqullangan dasturiy hujjat, muhim xalqaro voqea, qonun va boshqalar yuzasidan umum eʼtiboriga yetkaziladigan bayonot; asosiy umumsiyosiy tamoyillarni tantanali eʼlon qilish.
-
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasi.
-
Mintaqaning ilmiy jamoatchiligi, xalqaro tashkilotlari Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish boʻyicha deklaratsiya qabul qildilar. Gazetadan
2. Soliqqa tortiladigan fuqaroning muayyan davrda olgan daromadlari turi va miqdori haqidagi maʼlumotnomasi.
-
Ammo bu haqda soliq idorasiga oʻz vaqtida deklaratsiya taqdim etolmadim. Gazetadan
3. Pochta orqali xorijga yuboriladigan pul va qimmatbaho buyumlarga ularning qiymati va xil-xususiyatini koʻrsatgan holda qoʻshib joʻnatiladigan pochta hujjati.
4. Chegara orqali olib oʻtilayotgan narsalar, qimmatbaho buyumlar va ularning miqdori haqida bojxonaga taqsim etiladigan maʼlumotnoma.
DEKLARATSIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЕКЛАРАЦИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
deklaratsiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar