dekcha
bilan ulashing
1. Kichkina qozon, qozoncha.
-
Yukimiz yengil: bir sholcha, ikki koʻrpa-koʻrpacha, dekcha. S. Nurov, Karvon
-
U ozroq oʻtin terib, hamrohlari yoniga kelganda, dekchada shoʻrva bishirlab qaynayotgan edi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
2. Dekcha qaynatmoq Eplab-seplab, bir amallab qozon qaynatmoq, kun oʻtkazmoq.
-
Davlatlari soyasida dekchamiz qaynab turipti. S. Ayniy, Doxunda
-
Shu maqsadda yigʻilishib, dekcha qaynatish gʻamida bosh ogʻritishardi. Oybek, Navoiy
3. koʻchma Dekchada pishirilgan taom.
-
Xoʻjayinning qozonidan unda-munda bir totmasak yoʻq, moysiz boʻlsa ham, oʻz dekchamiz yaxshi. Oybek, Tanlangan asarlar
DEKCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЕКЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dekcha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar