soat
bilan ulashing
1. Sutkaning yigirma toʻrtdan bir ulushiga teng vaqt va shu muddatni koʻrsatuvchi vaqt oʻlchovi.
-
Bir soat — oltmish minut. Oradan uch soat oʻtdi.
-
Otabek Margʻilonga har nimadir bir soat ilgariroq yetish uchun oshiqar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ellik qadamcha yoʻlni, nazarimda, bir soatda bosganday boʻldim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Tush paytidan yoki yarim kechadan bosh-lab shu oʻlchovda hisoblanadigan vaqt oraligʻi; payt.
-
Qutidor, odatiga qarshi, bozordan kunduz soat uchlarda qaytib keldi-da, Otabekni soʻradi A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Majlis roppa-rosa soat birda boshlandi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
[Hasanali] Uxlamay kutib oʻtirdi. Ammo [Otabek] tungi soat oʻn bir boʻlsa ham kelmas, oʻn ikkida ham daraksiz edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Solih ish vaqti tugashiga ikki soat qolganda narsalarini yigʻishtirdi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
3. Vaqtni sutka davomida shu oʻlchovda oʻlchaydigan asbob.
-
Oltin soat. Choʻntak soat. Devor(iy) soat.
-
Charm kamzulli yigit yon choʻntagidan zanjirli soatini oldi, qopqogʻini qirs etkizib ochdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Vrach Mamlakatning tomir urishini soatiga qarab oʻlchadi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
4. Oʻquv mashgʻuloti uchun belgilangan 40 minutli yoki 45 minutli vaqt, dars.
-
Oʻzbek tili uchun haftada toʻrt soat ajratilgan.
-
Bir oʻquvchining bir soat dars qoldirishi ham uning bilimiga taʼsir qiladi. Gazetadan
5. Umuman, vaqt, fursat, payt, on.
-
Tole soatini kutmoqdan oʻzga ilojimiz yoʻq [dedi podshoh Navoiyga]. Oybek, Navoiy
-
Bu kungi kech Otabek bilan Homidning qaysi birlarining soʻng soatlari yetganligi shu qorongʻi tun kabi qorongʻi edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Meʼmor boʻlsa ikki shogirdning sap quyushqondan chiqib, taltayishayotganidan ensasi qotib kelardi: koni shundoq yaxshi soatlarda uning yonida oʻgʻli Nizomiddin ham boʻlsa! Mirmuhsin, Meʼmor
6. Maʼlum maqsad uchun belgilangan, xos vaqt.
-
Qabul soatlari. Ish soati.
-
Oʻrdaga aloqasi boʻlmagan kishilar bogʻga kirolmaslar, faqat haftada bir kun koʻngil ochish soatlarida, baʼzi mustasno zotlar uchun bogʻning yoʻli ochiq boʻlar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
7. Soat (erkaklar ismi).
SOAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
soat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar