sof
bilan ulashing
1. Begʻubor, toza, musaffo.
-
Sof havo. Sof suv.
-
Sof, yashil tabiat yuraklarga kuch bagʻishladi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Sof osmonda maʼsum boqqan, Toʻlin oydir yoʻldoshim. Boychechak.
-
Ufqlarga otash qalab, Tong otadi sof, nafis. E. Vohidov
2. Boshqa narsa aralashmagan; asil, toza.
-
Sof oltin. Sof holda uchramaydigan kimyoviy elementlar.
-
Bir gramm sof radiy olish uchun bir necha tonna uran rudasini qayta ishlashga toʻgʻri keladi. Fan va turmush
3. Oʻzga unsurlardan xoli; toza.
-
U [rus juvon] ayvonga qarab kelayotgan kishini tanib: — E, Gʻulomjon, keling! — dedi sof oʻzbek tilida. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. koʻchma Dogʻ tushmagan, har qanday ayb, gunoh, nuqsondan xoli; toza, pokiza, halol.
-
Sof vijdon. Sof muhabbat.
-
Nazarimda, shu oʻy uning sodda, sof yuragiga shunday azob bermoqdaki, bu azob oldida ustida qanot yozib turgan oʻlim ham pisand emasdek tuyular edi. A. Muxtor, Asarlar
-
Gulnor sof nomusiga otilgan qorani butunlay yuvib tashlashga jazm qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bu bozor ahliga, bu yerdagi sof-u nosof ikir-chikir bandalarga mening nima daxlim bor? A. Muxtor, Asarlar
sof soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sof foyda
SOF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
SOF so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingSOF so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan SOF so‘ziga berilgan ma’nolar
sof so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
sof so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar