son
bilan ulashing
1. mat. Narsalarning qanchaligini, sanogʻini, adadini hisoblash uchun xizmat qiladigan vosita; matematik tushuncha.
-
Butun sonlar. Kasr sonlar. Sonlar nisbati. Sonlar nazariyasi.
-
Son tushunchasining rivojlanishiga oʻrta asr matematiklari ham katta hissa qoʻshdilar. OʻzME
2. so‘zlashuv tili Raqam.
-
Bir soni. Yigirma besh soni.
3. Miqdor, sanoq; adad.
-
Kelayotgan ayollarning soni yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Soʻnggi sirk, yil mobaynida respublikamizda ilmiy xodimlarning umumiy soni 103 marta., koʻpaydi. Fan va turmush
4. Nomer; tartib nomeri.
-
Ikkinchi son oʻrta maktab.
-
Mulla Nasriddinning u sonini ochiq eslay olmasam ham, koʻrganligim xotiramda ravshan bor. A. Qodiriy, Kichik asarlar
5. tilshunoslik Predmetlarning miqdorini, son-sanogʻini va sanoq jihatidan tartibini bildiruvchi soʻz turkumi.
-
Sanoq sonlar. Tartib sonlar. Chama sonlar.
son soʻzi qatnashgan jumlalar:
Son mingta
-
Yoshullini, marhuma Qurbonoy qizimizni maqtaganlar son mingta. Ularni soʻyaylik, mening oʻzimni maqtaganlar-chi? M. M. Doʻst, Lolazor
Soni bor, salmogʻi yoʻq
Son kirdi (yoki tegdi)
-
Unga hech son tegmaydi.
-
[Qoʻchqorning] Qoʻpolliklari ham yoʻqolib boryapti. Kiyim-boshiga son kirib soldi. A. Yoqubov, Sh. Shodiyev, Topilgan qiz
Songa qoʻshilmoq (yoki kirmoq)
-
Kimgaki boʻlmasa aql-u bilim yor, Qoʻshma uni odam soniga zinhor. Fan va turmush
-
Sonsiz xotinning uyi songa kirmas. Maqol
-
[Oshno:] Bu yerlar ham songa kiradi, yashildan libos kiyadi, bogʻ-u boʻstonga aylanadi M. M. Doʻst, Lolazor
Sondan chiqmoq
-
— Hadeb uyda oʻtiraverish ham odamni sondan chiqaradi, — dedi kampir Sanamga. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar
-
Urush hammani sondan chiqardi. Yoshlik
1. Odam va hayvon oyogʻining tizza bilan tos oʻrtasidagi qismi.
-
Soni yoʻgʻon odam. Son suyagi. Suv uning sonigacha chiqdi.
-
Said suv toʻla choʻmichni uzatayotganda, bir qultum suv otasining soniga toʻkilib ketdi. Yoshlik
-
Xumor kelin Boʻrijonning soʻlidan gavron tayoqni olib, hoʻkizlarning sagʻrisiga, soniga zarb bilan urdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Kuygan banda urib yigʻlar soniga, Shahid boʻlgan boʻyaladi soniga. Erali va Sherali
2. Hayvonlar oyogʻining shu qismidagi goʻshti.
-
Sultonov kiyikning sonini songa, toʻshini toʻshga ajratib saranjomlarkan oʻziga yarashib turgan Ortiqqa koʻzi tushgan sari, koʻngil gʻashligi ortib borardi. M. Mansurov, Yombi
SON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
son so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar