studiya
bilan ulashing
1. Rassom yoki haykaltarosh ishxonasi.
2. Rassom yoki aktyorlar tayyorlaydigan maktab.
3. Taʼlim-tarbiya mashgʻulotlari amaliy-ijodiy ish bilan birgalikda olib boriladigan, aktyor, sozanda, rassom va shu kabilar tayyorlaydigan maktab.
-
Balet studiyasi. Opera studiyasi.
-
Moskvadagi oʻzbek teatr studiyasi oʻquvchilari jiddiy postanovkalar tayyorlagan edilar. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
4. Sahnaviy (yoki tasviriy) sanʼat asoslarini oʻrganadigan, asosan yoshlardan tashkil topgan teatr (yoki rassomlar) ijodiy jamoasi.
-
Bu orada yonimga zarvaraq toʻn kiygan ikki artist kelib oʻtirdi. Studiyaning taomiliga koʻra, men ham ularga parvo qilmay, oʻtiraverdim. H. Ahmar, Yakkama-yakka
5. Badiiy va boshqalar filmlar yaratuvchi ijodiy va texnik xodimlar jamoasi; shu jamoa ishlaydigan joy, kinostudiya.
-
Hujjatli filmlar studiyasi.
-
Filmlar Tosh-kent studiyasining oʻz ijodiy kuchlari bilan oʻz pavilonida olinib, oʻz fabrikasida tayyorlanadi. Gazetadan
6. so‘zlashuv tili Radio eshittirish va telekoʻrsatuvlar olib boriladigan maxsus bino; radiostudiya yoki telestudiya.
7. Umuman, surat olish, ovoz yozish va shu kabilar maqsadlar uchun jihozlangan ish joyi.
-
Toshkentda yaqinda gramplastinkalar uchun ovoz yozib oladigan studiya ochilgan edi. L. Poʻlatov, Yangi studiyada
STUDIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СТУДИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
studiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar