sukut
bilan ulashing
1. Kimsadan yoki hech kimdan churq etgan tovush, sado chiqmay, jimlik hukm surgan holat; soʻzsizlik.
-
Sukut qilmoq. Sukut saqlamoq. Sukutga ketmoq (botmoq, choʻmmoq). Sukut — alomati rizo. Maqol
-
Ahmoqqa javob — sukut. Maqol
-
Qizcha bolalarga xos qaysarlik bilan boshini egganicha jim turar, uning sukutida, butun xatti-harakatida nimagadir qarshi soʻzsiz isyon bor edi. Yoshlik
-
Sukut saqlamoq ham-ma vaqt ham aqllilikdan darak beravermaydi, ammo bilganingni shaqillab gapira berish —oʻz obroʻyingni paqirlab toʻkish demak Mirmuhsin, Umid
2. aynan Sukunat 1.
-
Toʻrgʻaylar uxlashur yovshan tagida, Daryo boʻylarida — toʻqayda sukut. Mirtemir, Asarlar
-
Dunyoda shunday qoʻshiq borki, yangraganda, olam bir daqiqa sukutga choʻmadi. Saodat
SUKUT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУКУТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
SUKUT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan SUKUT so‘ziga berilgan ma’nolar
sukut so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
sukut so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing