suvchi
bilan ulashing
1. q. x. Ekinlarni, xususan, gʻoʻzalarni sugʻoruvchi dehqon, sugʻorish boʻyicha mutaxassis.
-
Mohir suvchi.
-
Suvchi, terimchi yoki mexanizator chanqab borayotganda, oldida kalladay qovun yoki tarvuz doʻppayib koʻrinsa, chanqoqbosti qiladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Huv yuqoriroqda, daryoning yoqasida bir qora koʻrindi. Bul oʻtinchimi, suv-chimi, bundan bir savol soʻrayin, deb Avazxon burilib bordi. Gulshanbogʻ
2. Suv keltiruvchi, suv bilan taʼmin etib turuvchi xodim (masalan, traktorchilar brigadasida).
3. tarixiy Suv tashib berish, suv bilan taʼminlash ishlarini bajaruvchi kishi.
-
Buxoroda esa suvchini meshkobchi deb atashgan. OʻzME
4. Suv sotuvchi.
SUVCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУВЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
suvchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing