tabrik
bilan ulashing
Biror yaxshi (qutlugʻ) kun, sana yoki erishilgan yutuq, yaxshilik munosabati bilan bildiriladigan qutlov soʻzlari; muborakbod.
-
Mehmonlar bilan vakillarning qizgʻin tabriklari, xayrli tilaklaridan keyin kechaning rasmiy qismi tugadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yuzlari quvonchdan qizargan Obid Yoʻldoshevich tabriklarga past tovush bilan rahmat aytardi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Anvar samimiy va riyo aralash tabriklardan ancha oʻngʻaysizlangan edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
tabrik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tabrik qilmoq (yoki etmoq)
-
Anvar oʻzini tabrik qiluvchi ulamo va ashraflar yuzidan ochiq ravishda riyo, shaytanat va tamaʼ oʻqir, kambagʻallardan sodda samimiyat koʻrar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Mulla Abdurahmon Anvarni tabrik etish uchun ogʻiz ochishga qodir emas va har zamon qarshisidagi bemaʼniga qarab qoʻyar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
TABRIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАБРИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
TABRIK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan TABRIK so‘ziga berilgan ma’nolar
tabrik so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
tabrik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar