uka
bilan ulashing
1. Bir ota-ona oʻgʻillaridan kichigi (katta yoshdagi farzandlarga nisbatan).
-
Ukasi har gal uydan chiqib ketayotganida, koʻngli allanechuk boʻlib ketar, kimdir bir ogʻiz iliq gap aytsa, qaytib kelgudek boʻlar edi. S. Ahmad, Ufq
-
Oʻshanda Sherali oʻn birdan oʻn ikkiga qadam qoʻygan, ukasi Muhammadjon uch yoshli dardchil bola edi. S. Karomatov, Oltin qum
2. Umuman, farzandlarning kichigi, kichiklari (kattasiga nisbatan).
-
Qizaloqlar onasining qoʻlidan qozon-tovoq, sidir-supur, tikish-ilishni olishadi, ukalarini oʻynatishadi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
U otasidan yigirma yoshda qolib, ukalarini qiyinchilik bilan boqqan. I. Rahim, Chin muhabbat
3. Oʻzidan yosh er kishiga murojaatni bildiradi.
-
Qayerdan kelgansiz, uka? P. Tursun, Oʻqituvchi
-
[Safar boʻzchi:] Axir birovni uka, birovni aka deb, siz ham tuzukroq ishga qayishing-da, taqsir. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
UKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar