ur
bilan ulashing
1. Qoʻl yoki biror vosita bilan zarb bermoq.
-
Bola itni urdi.
-
Ota piyemiya; yugurib kelib, boshimga shaq etib urib qoʻydi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Bektemir miltiq qoʻndogʻi bilan uning peshonasiga bir urdi. Dushman shilq etib tushdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Ahmad halqani urdi, eshik shu zahoti ochildi. F. Musajonov, Himmat
2. Kaltaklamoq, doʻpposlamoq.
-
Meni Pis-miq mayna qilgani-yu, men uni chala oʻlik qilib urganim-u Hammasi oʻsha kuniyoq buvimning qulogʻiga yetib keldi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Uni urib, ozor bermanglar, unda gunoh yoʻq, bu bir anglashilmovchilik! Mirmuhsin, Meʼmor
3. Tigʻli qurollar (qilich, nayza, nishtar) bilan solmoq (sanchmoq, tiqmoq, chopmoq).
-
Nishtar urmoq. Pichoqni avval oʻzingga ur, ogʻrimasa, birovga ur! Maqol
-
Bektemir burgutday sapchib, dushman qorniga nayza urdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
U bexos yondan kelib, fargʻonalikning yelkasiga qilich urib, otdan qulatdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Robiyaning oyogʻidan quchoqlab olgan qisiq koʻzli yigitning biqiniga xanjar urdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
4. Moʻljalga olib tegizmoq; otmoq.
-
Nishonga aniq urmoq. Ikki yuz metrdan moʻljalga urmoq. Bir kesak bilan ikki qargʻani urmoq. Maqol
-
Bu qadar merganlik bilan urayotgan batareyaning koʻzi — kuzatuvchisini nemis payqaydi-yu, bir snaryad bilan gʻaramning kulini koʻkka sovuradi. A. Qahhor, Oltin yulduz
5. Tegmoq, urilmoq.
-
olmazor bogʻlardan tutun koʻtarilib, dimogʻga bolalikdan tanish boʻlgan achchiq tezak hidi urdi. O. Yoqubov, Izlayman
-
Gulnorning gʻoyib boʻlishi Yoʻlchiga yashin urgan kabi taʼsir koʻrsatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Quduq tubidan urayotgan salqin xush yoqib, Otamurod birpas oʻtirgan boʻldi. M. Mansurov, Yombi
6. Shiddat bilan yogʻmoq.
-
Doʻl urdi.
-
Shu kuni butun kun yomgʻir maydalab urib turdi va kechga yaqin qorga aylandi. A. Qahhor, Sarob
-
Chaparasta urayotgan qor koʻz ochirgani qoʻymaydi. N. Safarov, Olovli izlar
7. Bir narsa orasiga, ichiga solmoq, joylamoq; berkitmoq.
-
Gazetani qoʻltigʻiga urmoq. Qoʻlini choʻntagiga urmoq. Narsalarini sumkasiga urmoq.
-
Biz togʻ kamariga kirishimiz bilan chol sadaqani choʻntakka urish uchun oʻzini chordevor ichiga olgan edi. N. Safarov, Olovli izlar
8. Yuvib oʻpirmoq, yemirmoq, buzmoq.
-
Tosh-qin urdi.
-
Bu yilgi sel bugun soyning u tomonini olsa, ertasiga bu tomonini urib ketaverdi. Y. Shamsharov, Koʻrk meʼmorlari
-
Qorovul shoʻra va yalpizlarni oʻrib, suv urgan joyga tiqa boshladi. E. Raimov, Ajab qishloq
9. Zarb bilan harakat qilmoq, tepmoq.
-
Bemorning tomiri bilinar-bilinmas urib turar edi.
-
[ Boltaboy] Otdan tushib, uni daraxtga bogʻlar ekan, uy ichidan chiqqan inga-inga degan tovushni eshitib qolib, yuragi dukullab urdi. J. Sharipov, Saodat
10. Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, shaxs yoki narsaga shu soʻzlar bildirgan narsaning taʼsiri oʻtishi maʼnosini bildiradi.
-
Chalaquduq degan joyda Davronovni oftob uradi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
-
Koʻndalang kultivatsiya hozir suv bilan havoday zarur. Shu boʻlmasa, qalin koʻchatlarni garmsel uradi. I. Rahim, Ixlos
11. Loy, kesak, gʻisht va shu kabilarni tartib bilan termoq; terib, qalab, biror narsa qurmoq, bunyod qilmoq.
-
Paxsa urmoq. Tokchani urmoq. Teshikni urmoq. Eshik oʻrnini urmoq.
-
Kechgacha qaltirab devor urdik. E. Raimov, Ajab qishloq
12. Solmoq, qoʻymoq, bosmoq.
-
Eshakka noʻxta urmoq. Otga egar urmoq.
-
Bir necha soldat kelib, mahbuslarni ushladi, yasovul hammasining qoʻliga kishan urdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qoʻtos taqib boʻyni uzun jiyronga, Qirq qubbali yugan urdi boshiga. Ravshan
13. Oʻzini biror joyga olmoq.
-
Artistlar oʻyin koʻrsatadi, ammo, ogʻaynilar, sichqonning ini ming tanga deb, yertoʻlaga urib ketmanglar tagʻin. Y. Shamsharov, Toshqin
-
Odamlar jon hovuchlab, oʻzlarini oʻrmonga uradilar. Oybek, Quyosh qoraymas
14. so‘zlashuv tili Toʻla isteʼmol qilmoq; yemoq, ichmoq.
-
Sharob — uzum suvidan tayyorlanadigan ajoyib ichimlik, oʻzi xushtaʼm, bir kosa urib olsangiz, vaqtingiz chogʻ boʻlib kulaverasiz. M. Osim, Toʻmaris
-
Qani, nonni sindirib, qaymoqqa bulab-bulab urib olinglar-chi. E. Raimov, Ajab qishloq
15. Oʻz foydasiga olmoq, oʻziniki qilmoq; oʻgʻirlamoq.
-
Dehqonlar bilan suhbat qilib, paxtafurush boylarning ham tosh-tarozidan, ham narxdan urib, ularni kuydirishlarini bilib olar edi. K. Yashin, Hamza
-
— Bugun podshoning xazinasini uramiz. Shaylaning, yigitlar! — dedi. Chalpak yoqqan kun
16. so‘zlashuv tili Tanqid qilmoq, qoralamoq.
-
Ota-buvamni kovlab, gazetaga urib chiqishdi. Sh. Rizo, Qor yogʻdi, izlar bosildi
17. Joʻnalish kelishigi bilan kelgan baʼzi otlarga bogʻlanib, nimanidir shu otdan anglashilgan joygacha yetganligini bildiradi.
-
Qulf urib yashnagan beda belga uradi. Loy tizzaga uradi. Sochi taqimiga uradigan qiz.
-
Maydonda biznikilar koʻrinmas edi. Qor belga urar edi. N. Safarov, Qahramonning tugʻilishi
18. Baʼzi soʻzlar, jumladan, mustaqil qoʻllanmaydigan soʻzlar bilan birikib, shu soʻzlar anglatgan narsaning yuz berishi, boʻlishi maʼnosini bildiradi.
-
Joʻsh urmoq. Barq urmoq. Qulf urmoq. Javlon urmoq.
-
Umrida qoʻliga qilich ushlamagan qoʻpol oʻgʻlining yuragida jang va gʻalaba sururi tugʻyon urardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Yaxshi parvarish qilingan gʻoʻzalar mavj urib rivojlanyapti. Gazetadan
19. Miqdor (sanoq) sonlar bilan qoʻllanib, shu son bildirgan yoshga kirganlik maʼnosini bildiradi.
-
Hash-pash deguncha qirqni urib qoʻyibmiz.
-
Poxol ustida aftidan, yetmishlarni urib qoʻygan kampir oʻtirardi. N. Fozilov, Diydor
-
Xudo yorlaqasa, hademay saksonni uradi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
ur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Balo urmoq
-
Joni ham, boshi ham metin ekan, shuncha sanchaman, Gulnorga balo urganini eshitganim yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
Bosh urib kelmoq
-
Bosh urib keldim huzuringga U. Ismoilov, Saylanma
Yerga urmoq
Jigardan urmoq
-
Taqsirni ham uribdi-ku jigardan, Majnun boʻlib ketmang yana sahroga. H. Olimjon
Yoʻldan urmoq
Meʼdaga urmoq (yoki tegmoq)
-
Sertamanno kekkaygan tannozlar yoxud nima desang koʻnaveradigan choʻrisifat laqmalar darrov meʼdaga uradi. F. Musajonov, Himmat
Yurakdan urmoq
-
Yurakdan birinchi marta urgan ishq-muhabbat kimning esidan chiqadi S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Birontasi yuragingdan urgandir, boʻlmasa, qanday shamol uchirardi seni bemahalda bu yoqqa. Guldasta
Oʻzini oʻtga ham, suvga ham urmoq
Qoʻl urmoq
-
Avazning qistashiga qaramay, qaytib handalakka qoʻl urmadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Axir u qoʻl urgan ish bitmay qolmaydi-ku. Guldasta
-
Har qanday qingʻir ish qiladigan odam, avvalo, oʻziga suyanchiq topib oladi, keyin xiyonatga qoʻl uradi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
UR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar