uvada
bilan ulashing
1. Kiyim, toʻshak va shu kabilarning toʻzgan, uzilgan parchasi.
-
Men sovuqdan saqlanish uchun uvadasi oqib yotgan koʻrpa-toʻshaklarga oʻralib olar edim. H. Tursunqulov, Hayo-tim qissasi
-
Nihoyat, toʻnidan uvada olib otibdi Shunaqa, Toʻlagan aka, dushman otgan toshdan jigar otgan uvada qattiq tegadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Eskirib, sitilib, yirtilib dabdala boʻlgan kiyim-kechak; latta-putta, eski-tuski.
-
Chuvrindilarga oʻralgan Laʼli uvadaga oʻral -gan goʻdagini quchoqlab poʻstak ustida oʻtirardi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Zangdan qorayib ketgan temir karavot ustida koʻrpanamo eski uvadalarga burkanib Dorobbek yotardi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Bolor ham xoda bozori. Paxta, uvada bozori Ravshan
3. sifatdosh Yirtilgan, toʻzgan, uvada holga kelgan.
-
Uvada kamzulda billur tugmaday Bulutlar ortidan boqadi yulduz. A. Oripov
4. koʻchma Uvadaga oʻxshash narsa haqida.
-
Oppoq uvada bulutlarni shamol haydaydi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi
-
Bir yonda sudralgan qish uvadasi: Irkit qor uyumi, toʻnggan nam tuproq. R. Bobojon
-
etda-betda uvada qorlar sochilib yotardi. Mirmuhsin, Qulamas qoya
uvada soʻzi qatnashgan jumlalar:
Uvadasi chiqqan
-
Uvadasi chiqqan toʻn.
-
Boyagi tikroq bola uvadasi chiqqan dasturxonni yozib, qotgan-qutgan burda nonlarni rasamadi bilan sochib yubordi. S. Karomatov, Oltin qum
-
ayol uvadasi chiqqan koʻrpacha solib, eshitilar-eshitilmas ovozda dedi J. Abdullaxonov, Xonadon;
-
Komiljonning taklifi — uvadasi chiqqan eski gap. I. Rahim, Ixlos
-
kompozitorlar-ku qayta ishlayverib, xalq qoʻshiqlarining uvadasini chiqardi, endi qayta ishlashni oshpazga kim qoʻyibdi I. Rahim, Hilola
UVADA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УВАДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uvada so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar