xilvat
bilan ulashing
1. sifatdosh Odamlardan, koʻzdan yiroq, hech kim koʻrmaydigan, odam kam boʻladigan; pana, ovloq, chekka.
-
— [Chol] Biz bilan xilvat uyda gaplashdi, — dedi Usmon. O. Husanov, Qoʻshiqchining taqdiri
-
Usmonbek Oʻratepa qozisiga qarashli xilvat va dabdabali uyda yolgʻiz, daricha yonida oʻtirib, Turkistonning harbiy kartasini koʻzdan kechirmoqda. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Imtihon haftasi kirishi bilan fakultetda xilvat burchak qolmadi. A. Qahhor, Sarob
-
Keyingi yakshanba borilgan joy haqiqatan salqin, xushhavo, xilvat yer ekan. S. Abdulla, Oʻrtoq Xolnazarov
2. ot Tinch, osuda joy.
-
[Husayn:] Doʻstim, yoshligimizni zamon olib ketdi qolgan umrimizni xilvatda va farogʻatda oʻtkazaylik. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
xilvat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xilvat qilmoq
XILVAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХИЛВАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xilvat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar