xirmon
bilan ulashing
1. Yigʻib-terib olingan ekinlar hosilini toʻplash uchun ajratilgan joy, maydoncha.
-
[Usta amaki] Joʻxori yeri yonidagi bugʻdoyi oʻrib olingan bir yerni koʻrsatib, u yerni xirmon joyi qilishga maslahat berdi. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Vali aka oʻgʻliga xirmon qilinadigan joyni koʻrsatib, oʻzi terimchilarni Madaminxoʻjaning paxtazoriga boshlab ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Shunday joyga yanchish, tozalash yoki quritish uchun keltirilgan mahsulot (galla, paxta va shu kabilar).
-
Oʻroqda yoʻq, mashoqda yoʻq, xirmonda hozir. Maqol
-
Ishga qoʻnim — xirmonga unum. Maqol
-
— Sizning oʻrogʻingizni oʻrgan, xirmoningizni yanchgan cheksiz xoʻrlangan bir insonni bilaman, — dedi Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Koʻp miqdorda toʻplab qoʻyilgan, uyib tashlangan narsalar.
-
Shayx Ismoil ham kimgadir imo qildi. Bir lahzada har tomondan kitob xirmoniga oʻt urildi. K. Yashin, Hamza
xirmon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xirmon koʻtarmoq
-
Gektaridan 15 sentnerdan xirmon koʻtardi. T. Ashurov, Oq ot
Xirmon qilmoq
-
Paxtani xirmon qilmoq. Gʻallani xirmon qilmoq.
XIRMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХИРМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xirmon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar