yotiq
bilan ulashing
1. aynan Gorizontal.
-
Yotiq chiziq.
2. Biror tomonga qiyshaygan; qiya.
-
Yotiq sohil. Yotiq oʻsgan daraxt.
-
Yoʻl adirning eng yotiq yeridan tushgan boʻlsa ham, Turgʻunoy tizzasini ushlab, zoʻrgʻa qadam bosardi. A. Qah-hor, Maston
-
Navoiy qilichni hassa kabi tutib, yotiq tepadan ildam pastga tushdi. Oybek, Navoiy
yotiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yotigʻi bilan
-
Yotigʻi bilan tushuntirmoq.
-
Asalbibi, qizim yengillik qilib, qarindosh oldida yana shovqin koʻtarmasin, keyincha yotigʻi bilan soʻzlashib koʻrar-man, deb voqeani yashirgan edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Zokir yotigʻi bilan har qancha gapirsa ham, foydasi yoʻqligini sezdi. P. Qodirov, Uch ildiz
YOTIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁТИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yotiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar