yot
bilan ulashing
1. Tanani yerga (karavot, toʻshak va shu kabilarga) berib choʻzilmoq, uzala tushmoq.
-
Yerga yotmoq. Oʻt ustiga yotmoq.
-
Yoʻlchi quruq namatga yotib, ustiga koʻrpacha yopdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hasanali sekin-gina daricha ostiga yotib, hujra ichiga quloq soldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
U kelganda, Qurbon ota oʻrnida yonboshlab yotar, Maxsum uxlab qolgan edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Kimdir chalqancha yotib ingrardi, yordam soʻrardi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan
2. Joyni band qilmoq, joylashmoq.
-
Kitob stol ustida yotibdi.
-
Tanchaning ustida boyning sadaf tasbehi, koʻzoynagi yotar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Saqlanmoq; turmoq.
-
Koʻylak sandiqda yotibdi.
-
Yenglarining taxidan bu koʻylakning naftalin hidini singdirib, alla-qayerda uzoq vaqt yotgani bilinib turardi. A. Muxtor, Opa-singillar
4. Tunamoq, uxlamoq.
-
Bola beshikda yotadi.
-
Yuring, opajon, bugun biznikida yoting [dedi Roʻzimat]. A. Qahhor
-
Hali yotmoqqa vaqt erta edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. Kasal boʻlmoq, tobi qochmoq.
-
Bemor uzoq yotdi.
-
Eshitdingizmi, ulugʻ afandimning tobi qochib qolibdi. Boyoqish qattiq yotgan emish. S. Ahmad, Hukm
-
Volidamiz bedom-darak ketgan ikki oʻgʻlining dard-firoqida kuyib, yotib qolibdilar. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
6. Hibsda boʻlmoq, qamalmoq.
-
Yotib chiqmoq.
-
Qani u [Yoʻlchi], sevikli aka, qayerda, qaysi zindonda yotadi! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mirza Muhiddin tomonidan ehtiyot chorasi koʻrilganicha, bir yildan ortiqroq soʻroqsiz yotdi. A. Qahhor, Sarob
7. so‘zlashuv tili Toʻxtamoq, toʻxtab qolmoq, yopilmoq.
-
Soat yotdi. Tramvay-trolleybuslar yotgan.
-
Samovar yotgan, bir chol choynak-piyola artar, hovuz boʻyidagi supada kimdir xur-rak otib uxlar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
8. bekor yotmoq Ravish va ravishdoshlar bilan birikib, ish-harakat yoki holatning doimiy, davomiy ekanligini bildiradi, masalan,, osilib yotmoq, ishlab yotmoq, qarovsiz yotmoq.
-
Uch xonali uy boʻm-boʻsh, huvullab yotardi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan
-
Bu eʼlonlar oldida turli kasbdagi odamlar uymalanib yotadi. A. Muxtor, Opa-singillar
yot soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yotib yemoq
-
Yotib yeyishga togʻ ham chidamaydi. Maqol
Yotib qolmoq
-
Karim akasinikida yotib qoldi;
-
Odatda erta bilan va kechqurun bozori bir oz qiziydi-yu, tush paytida savdo-sotiq yotib qoladi. M. Osim, Ibn Sino qissasi;
-
Mehri kasalxonada uzoq yotib qoldi. A. Qahhor, Bosh-siz odam
Yotib qolguncha, otib qol!
-
Bezori oʻz manfaati yoʻlida hamma narsadan kechadigan yigit boʻlgani uchun, yotib qolguncha, otib qol, qabilida ish koʻrmoqchi boʻldi. I. Qalandarov, Shoxidamas, bargida
Tiqilib yotibdi
-
Vaholanki, respublikamizdagi barcha savdo bazalarida etik tiqilib yotibdi. Gazetadan
YOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar