yorug‘lik
bilan ulashing
1. Yogʻdu, nur; ravshanlik.
-
Yorugʻlik tezligi (fizika).
-
Biroq hujraning ichi oqshom kabi qorongʻi, dahliz orqali tushgan yorugʻlik hujrani yoritishga kifoya qilmaydi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Quyosh yashiringan boʻlsa ham, kunduzning yorugʻligi hali tamom soʻnmagan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Ozod, baxtli hayot; roʻshnolik.
-
Qorongʻi kun mangu boʻlmas. Yorugʻlikka chiqib ketamiz. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Oqrabotga ketadigan katta yoʻl yaqinida umrbod yorugʻlik uchun kurashuvchilar oʻtiribdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
yorug‘lik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yorugʻlik yili
-
Oʻn million yorugʻlik yili hazilakam masofa boʻlmasa kerak?! O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
Yorugʻlik chiqmaydi
-
Bobur mirzoning tabiati pokiza, koʻngli tiyrak ekanini koʻp odam bilar ekan. Atrofdagi podsholardan yaxshilik chiqmasa ham, Bobur mirzodan bir yorugʻlik chiqar, deb umid qilganman [dedi Tohir]. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Yorugʻlikka chiqmoq
-
Hurriyat eʼlon qilinganiga sakkiz-toʻqqiz oy oʻtayotgan boʻlsa ham, mehnatkash yorugʻlikka chiqmadi. N. Safarov, Olovli izlar
YORUG‘LIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁРУҒЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yorug‘lik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar