yostiq
bilan ulashing
1. Bosh ostiga qoʻyib yotish, yon-boshlash, suyalish uchun ishlatiladigan yumshoq buyum; bolish.
-
Par yostiq. Duxoba yostiq.
-
Adolat boshini koʻtaraman dedi-yu, koʻkragini gʻijimlab, boshini qayta yostiqqa qoʻydi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Chol indamadi. U yostiqqa suyanganicha, ancha vaqt sukutga ketdi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. maxs. Binokorlikda: xari, toʻsin yoki sarrov ostiga qoʻyiladigan gʻoʻlacha, yogʻoch.
yostiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir yostiqqa bosh qoʻymoq
-
Ikki jins bir yostiqqa bosh qoʻyish bilan oʻtmish va kelajak naslni bir-biriga bogʻlaydigan halqa vujudga keltiradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Boshi yostiqqa tegmoq
-
Osonmi, kishi nima boʻlishini bilmaydi, boshi yostiqqa tegishi bor. A. Qahhor, Toʻyda aza
Boshingga yostiq qilasanmi?
-
Qiz yetilgach, uni egasiga topshirish kerak! Boshingga yostiq qilasanmi uni? I. Rahim, Chin muhabbat
Yostigʻini quritmoq
-
Andijon zilzilasi ming-ming-lab odamlarning yostigʻini quritdi, tomini qulatdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ablah fashistlar ne-ne yigitlarning yostigʻini quritmadi. N. Safarov, Olovli izlar
YOSTIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁСТИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan YOSTIQ so‘ziga berilgan ma’nolar
yostiq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
yostiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar