yorug‘
bilan ulashing
1. Yonib, qizib turgan narsadan tarqalgan yogʻdu, nur.
-
Sham yorugʻi.
-
Gʻulomjon oʻchoqdagi oʻt yorugʻida qomati xiragina koʻrinib turgan doʻstini borib quchoqladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Elmurod palatkaga kirdi. Palatka sham yorugʻida ertaklarda uchraydigan goʻzallik va fayz kashf etgan. Shuhrat, Shinelli yillar
2. Nur tushib turgan; ravshan, charogʻon.
-
Koʻchalar yorugʻ. Oyning oʻn beshi qorongʻi boʻlsa, oʻn beshi yorugʻ. Maqol
-
Uy yorugʻ edi. Sergey stol lampasini oʻchirmay uxlab qolgandi. P. Qodirov, Uch ildiz
3. koʻchma Baxtli, nurli, yorqin.
-
Fotima dunyoga kelib, oʻzi bilan shu qadar mehribon, xushmuomala gaplashadigan odamlar borligini, ularning birdan-bir maqsadlari uni ozod qilib, yorugʻ yoʻlga boshlash ekanini angladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bu koʻz yoshlarini gʻam va hasrat emas, aksincha, oʻsha yorugʻ hislar tugʻdirgan edi. O. Yoqubov, Ota izidan
yorug‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yorugʻ dunyo
-
Yorugʻ dunyoning lazzati — roʻzgʻor bilan farzand. I. Rahim, Ixlos
-
[Gʻofir:] Bu yorugʻ dunyoga nima uchun keldik ? Hamza, Boy ila xizmatchi;
Yorugʻ jahon
-
Hozircha Feruz bu yorugʻ jahondan, bu toj-u taxtdan koʻngil uzishni oʻylagani ham yoʻq. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Yorugʻ kun
-
Sen ham keladigan yorugʻ kunlar bor ekan, aylanay bolam! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Yorugʻ yulduz
-
Zulfiqor Badiadan qancha uzoqlashib ketsa, u yorugʻ yulduzdek shuncha yarqirab koʻrina boshladi. Mirmuhsin, Meʼmor;
-
Avval ustod Tabibiy yosh shoirning nuktadonligini obdan maqtadi, istiqboldan bashorat qildi, hazrati oliylarining muborak saroylariga Avaz otligʻ bir yorugʻ yulduz bosh urib kelganligini soʻzladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Koʻziga (yoki unga) yorugʻ dunyo qorongʻi
-
Azizbek koʻziga hozir yorugʻ dunyo qorongʻi, bu qorongʻilik ichida boyagi shirin xayollar koʻrinmay qoladilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Yuzi yorugʻ
YORUG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁРУҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yorug‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar