yorliq
bilan ulashing
1. tarixiy Biror amal, unvon, suyurgʻol va shu kabilar berilganligi haqidagi rasmiy hujjat; farmon.
-
Toʻraning xondan ikki yuz tanob yerga yorliq olgani bejiz emas. J. Sharipov, Xorazm
-
Saroy bitikchisi —bel-bogʻiga qalamdon qistirgan, koʻk salla oʻragan yigit — Chingizning tojik tilida yozdirgan yorligʻini oʻqib eshittirdi. M. Osim, Oʻtror
2. Biror sanoat mahsulotiga, uning nomi, miqdori, ishlab chiqarilgan joyi va shu kabilar maʼlumotlar yozib, biriktirib, yopishtirib qoʻyilgan qogʻoz parchasi.
-
Fabrika yorligʻi. Bagaj yorligʻi.
-
Yorligʻini oʻqisak, oʻzimizning koʻn-galantereya va sport buyumlari birlashmamiz mahsuloti ekan. Saodat
3. koʻchma Nomaʼqul, salbiy sifat; laqab, nom, tamgʻa.
-
Nigora tuhmat gaplarga ishonadi: Sherbek uning uchun bevafo, burdsiz Kim biladi deysiz, unga yana qanday yorliqlarni yopishtirdi ekan. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Yaqin paytlargacha bobolarimiz kurashi millat-chi vatan xoini degan yorliqlar niqobi ostida talqin qilindi. Fan va turmush
yorliq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Faxriy yorliq
YORLIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁРЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
YORLIQ so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan YORLIQ so‘ziga berilgan ma’nolar
yorliq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
yorliq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar