shartta
bilan ulashing
1. Istihola qilib oʻtirmay, yuz-xotir qilmasdan, roʻyirost, dangal.
-
Bor gapni shartta gapiradigan odam.
-
U [Asrora] xonasi kelganda hech kimni ayamasdi. Majlislarda, kimning kamchiligi boʻlsa, shartta yuziga aytaverardi. S. Ahmad, Ufq
-
U [Elmurod] endi boʻyni qisiq yetim emas. Endi unga bor gapni shartta aytib, koʻngilni xijolatdan boʻshatish osonroq! P. Tursun, Oʻqituvchi
2. aynan Shart IV.
-
Qoʻshoq shartta oʻrnidan turdi-da, zarda bilan doʻqillab, chiqib ketdi. H. Shams, Dushman
-
Pochchayev shartta burilib, joʻnab qoldi. A. Muxtor, Tugʻilish
3. Oʻylab, choʻzib oʻtirmay.
-
Iroda shartta muddaoga oʻtib qoʻya qolgan edi, javobni ham naqd qilish kerak. F. Musajonov, Himmat
-
Turobovaga shartta ikki qoʻyib berdim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
SHARTTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАРТТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan SHARTTA so‘ziga berilgan ma’nolar
shartta so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
shartta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar