shatak
bilan ulashing
1. Uzi yurolmaydigan ulov, transport vositasini boshqa ulovga, transport vositasiga tirkab olib yurish usuli; tirkaladigan yoki tirkovga oladigan narsa.
-
Qumri qatʼiyat bilan mashinaga yugurdi-da, kuzovga tashlab qoʻygan, shatak tirkash uchun ishlatiladigan sim arqonni sudrab keltirdi. S. Ahmad, Oydin kechalar
-
U ikkinchi qatorni oxirlamayoq, bunkeri oq oltinga limmo-lim toʻlganini koʻrib, suyunib ketdi. Dala chetidagi shataklar esa allaqachondan beri unga muntazir edi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
-
Direktor ustaxonadan shatak bilan arang olib chiqilayotgan traktorni koʻrib, azbaroyi jahli chiqqanidan, tilini tishlab olayozdi. Mushtum
2. koʻchma Qoloq, nochor ahvoldan olib chiqish, sudrash, yurgizish uchun yordam beruvchi shaxs, narsa; yordam; koʻmak.
-
Kechagi-na boshqalarning shatagiga muhtoj boʻlgan brigada — bugun, qarabsizki, ilgʻor. Gazetadan
-
Kuchi ketib, eplay olmayapti, yordam qilish kerak, deb yoningizga shatak bersak, asov otdek tepkilaysiz. Qahramonnoma
shatak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shatak qilmoq
-
zoʻrligi bilan dongʻi chiqqan toʻriq otni aravaga qoʻshib, uning yoniga boshqa bir otni shatak qilib, zoʻrgʻa sudrab keldik. S. Ayniy, Qullar
Shatakka olmoq
-
Yuki ogʻir ot., olgʻa intilmasa, yo shatakka olinadi, yoki aravadan chiqarib, boshqa ot qoʻshiladi. Sharq yulduzi
-
Koʻzdan yiroqlashgan traktor koʻp oʻtmay mashinani shatakka olib qaytdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari;
-
Koʻpchilik yigitlar sakrab yerga tushib, arqonni bogʻlab, mashinani shatakka oldilar. Sh. Gʻulomov, Boʻz yer uygʻondi
-
Oʻtsam-oʻtmasam, xavotir emasman. Bilasiz-ku, rais, shatakka olib yurgan yigitmiz. Qahramonnoma
-
Biz past hosilli brigadalardan birini shatakka olishga qaror berdik. Gazetadan
SHATAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАТАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shatak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar