yorish
bilan ulashing
1. Yorugʻ boʻlmoq, yorimoq.
-
Kun yorishdi.
-
Hamma yoq sutdek yorishdi. S. Ahmad, Hukm
-
Tong allaqachon yorishib, koʻchalar odamga toʻlgan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Oftob yana yorishdi. A. Qahhor, Ming bir jon
2. koʻchma Xursandlik, shodlik alomati paydo boʻlmoq (yuzda va koʻzda).
-
Murzin xuddi shu soʻroqni kutib turgandek yorishib ketdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
— Ha-a, Joʻraxon! — dedi birdan yorishib Gʻulomjon. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Yengil tortmoq; tuzalmoq, sogʻaymoq.
-
Qutidor qizning peshonasini ushladi: — Ey-ha Kumush, hali issigʻing bor, — dedi u. —Oʻzingni teja, qizim, oʻrningni qalin qilib, burkanib yot, terlasang, yorishasan, qizim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Joʻrabek] Dushanba, seshanba kunlari safro tashlab, ruhi yorishgan kishidek ancha yengil tortdi. Mirmuhsin, Qulamas qoya
yorish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli (yoki dili, chehrasi) yorishmoq
-
Uning [Saodatxonning] koʻngli yorishib, qadami dadillashdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Toʻra ovqatni ishtaha bilan ichar ekan, koʻngliga kelgan bir fikrdan dili yorishib ketdi. N. Fozilov, Diydor
-
Talʼat Gavharni esladi-yu, chehrasi yorishib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Yormoq feʼlining birgalik nisbati.
-
Oʻtin yorishmoq.
YORISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁРИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yorish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar