yori
bilan ulashing
1. Yorugʻ, ravshan boʻlmoq; charogʻon boʻlmoq.
-
Sham nuridan xona ichi yoridi.
-
Oʻrdaning charogʻchisi darboza yaqinidagi mashʼala yogʻochiga oʻt berib, butun oʻrda ichi yorib ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Yorishmoq (tong haqida.
-
Subh azoni aytilib, sekin-sekin tong yorib bordi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
yori soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ichiga chiroq yoqsa, yori(sh)maydi
-
— Shu chogʻda ichimga chiroq yoqsalar ham, yorimaydi-da! — dedi va koʻziga jiq yosh oldi [Oftob oyim]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Iqbolxon, ikki hafta boʻlibdiki, ichiga chiroq yoqsa, yorishmaydi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
Koʻzi yoridi
-
Koʻzimiz yoridi: koʻrdik olamni, Shunchalar jamoli bor ekan yerning. Gʻ. Gʻulom;
-
Ayol tun boʻyi azob chekib, tongotarga yaqin koʻzi yoridi P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Aksiga olib, kampiri koʻzi yorigan kelininikiga ketgan. S. Ahmad, Laʼli Badaxshon
YORI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yori so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar