yoril
bilan ulashing
1. Yormoq 1, 2 feʼlining oʻzlik va majhul nisbatlari.
-
Toʻnkalarni kavlab, bir chekkadan yorilsa, talay oʻtin beradi [dedi Mirzakarimboy]. Oybek, Tanlangan asarlar
2. aynan Portlamoq.
-
Bomba yorildi.
-
Dovonda pulemyotlar tarilladi, snaryadlar yorildi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Yaqin joyda mina yorilib, Ahmedovning yelkasi yaralandi. T. Rustamov, Mangu jasorat
3. Bir necha qismlarga boʻlinmoq; tilinmoq; sinmoq, shikastlanmoq.
-
Shisha yorildi. Bosh yorildi.
-
Ishdan, sovuqdan yorilgan qoʻllari qamchini bazoʻr tutar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Umar bilagi sinib, boshi yorilib, tuproqda behush yotardi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
4. koʻchma Dardini aytmoq, hasrat qilmoq, ochilmoq.
-
Hayot buloq boshidagi rozi dildan keyin onasiga yorilgan, yigʻlab turib, istaklarini aytgan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Men uning yorilgisi kelib, toʻlib turganini sezdim-da, yoniga choʻkkaladim. O. Yoqubov, Izlayman
yoril soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yer yorilmadi-yu, yerga kirmadi
-
Xadicha buvi yonidagi xotinlar oldida yomon oʻsal boʻldi, yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Oʻtirganlar xoxolashib kulib yubordi. Nazarboy yer yorilmadi, yerga kirmadi. Oysuluv
Tars yorilmoq
-
Yoʻq-yoʻq, bobojon, ishsiz qolsam, ichim tars yorilguday boʻlaveradi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
— Shunga ham dilsiyohlikmi, — dedi direktor, — mening oʻrnimda boʻlsangiz, tars yorilib ketarkansiz-da. Mushtum
-
Boshim tars yorilib ketay deyapti [dedi Salomov]. Sharq yulduzi
YORIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁРИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yoril so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar