yordamchi
bilan ulashing
1. Koʻmak beruvchi, koʻmakchi, madadkor.
-
Qiz onaga yordamchi.
-
Ochilvoy shiypondan yigirma ikkita fartuk olib chiqib, yordamchilarga boʻlib berdi. N. Aminov, Tillo tabassumlar
2. Tegishli muassasa va tashkilotlarda birinchi darajali rahbarga qabul, ish yuritish va boshqa ishlarda koʻmak beruvchi shaxs.
-
Rais yordamchisi. Rektor yordamchisi.
-
Boqizodaning bir necha leksiya stenogrammalari katta shov-shuvga sabab boʻlib, gap uning ishda qolish-qolmasligigacha borib yetganda ham, oʻsha nomaʼlum qoʻllar masalani kun tartibidan olib tashlabgina qolmay, domlaning dekan yordamchisi qilib tayinlanishiga erishdilar. S. Karomatov, Oltin qum
3. Qoʻshimcha ravishda foydalanish, foyda olish uchun moʻljallangan; qoʻshimcha.
-
[Ashir] Kasalxonada yotib tuzalgandan keyin, lagerning yordamchi xoʻjaligida ishladi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Elektr quvvatini koʻpaytiruvchi yordamchi stansiyani montaj qilishda ham namanganlik azamatlar ishlashdi. Oydin, Hikoyalar
yordamchi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yordamchi soʻz
Yordamchi feʼl
YORDAMCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁРДАМЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yordamchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar