yordam
bilan ulashing
1. Biror ishni bajarishda koʻmaklashish, qarashish; koʻmak, madad.
-
— Otam yordamga yugurgan edi, qolgan ikkitasi otamga yopishdi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ertasiga qoʻshni brigadadan ketmonchilar ham yordamga kelishdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, maʼnaviy koʻmak.
-
Abdishukur amakisining yordami bilan nihoyat bir boyga mirza boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Moddiy koʻmak; pul, mablagʻ.
-
Ochilning uydan oladigan yordami katta emas edi. P. Qodirov, Uch ildiz
4. Foydali taʼsir, naf.
-
Bemorga bu dori ham yordam bermadi.
yordam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yordam bermoq (yoki qilmoq)
-
Safarov tez-tez luqma tashlab, misol qistirib, unga [Boʻtaboyga] yordam berdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Yangi maktablarda oʻqiladigan ilmlar shariatga xilof kelmas, ulamolar fatvo berishsa, har bir ota oʻz bolasi uchun qoʻlidan kelgancha yordam qiladi, albatta. Oybek, Tanlangan asarlar
Tez yordam
-
Anovi odam bexosdan hushidan ketdi. Tez yordam chaqirgandik, anchadan beri kelmayapti. Mushtum
YORDAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁРДАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yordam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar