yoqut
bilan ulashing
1. ot Turli rangda tovlanadigan tiniq qimmatbaho mineral.
-
Yoqut koʻzli ol-tin uzuk.
-
[Navoiy:] Aniq, toj garchi yoqut, garchi zardur, Xaloyiq boshiga bitgan zarar-dur. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
2. sifatdosh Qizil, yoqutday qizil.
-
[Odilbikaning] Sarv qomati, oy kabi yuzi, qora qalam qoshi, shahlo koʻzlari, yupqa yoqut lablari har bir kishini oʻziga beixtiyor jalb qilardi. J. Sharipov, Xorazm
-
Bir tup jaydari qizil olma mevasining moʻlligidan hovuzga engashib tushgan; hovuz suvida bir qancha qizil olma yoqutday tovlanib, jimillab suzadi. Oybek, Tanlangan asarlar
yoqut soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yoquti zanjoriy
Yoquti zulmoniy
Yoquti rayhoniy
1. Rossiyaning Saxa Respublikasida yashovchi turkiy xalqning ruscha nomi.
-
Yoqut ayol.
2. Shu millatga tegishli, oid.
-
Yoqut tili.
YOQUT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁҚУТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yoqut so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar