yor
bilan ulashing
1. Chopib, kesib, boʻlaklarga ajratmoq, boʻlmoq.
-
Toʻnka yormoq.
-
Kimdir qars-qars oʻtin yoradi. S. Ahmad, Hukm
-
Azonda otni minib, toqqa joʻnadim. Togʻamni oʻtin yorayotgan yerida topdim. Sh. Xolmirzayev, Yoʻllar, yoʻldoshlar
2. Kesmoq, tilmoq.
-
Oyi, nima qilay, soʻzimga ishonmasangiz, pichoq bilan koʻksimni yorib koʻrsataymi? Oybek, Tanlangan asarlar
-
U qoʻlini boʻshatgan choqdayoq Otabek Homidning qornini shir ettirib yorib yuborgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Chaqa qilmoq; darz ketkizmoq.
-
Tuxumni yormoq. Kichkina tosh bosh yorar. Maqol
-
Otam, oʻyin qizigʻida yutqazishga yutqazib qoʻyib, keyin oʻzini urdi, peshonasini yordi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. -ib qoʻshimchali ravishdosh shaklida “oʻtmoq”, kirmoq, chiqmoq feʼllari bilan kelib, qarshilik, toʻsiq, gʻov va shu kabilarni yengish maʼnosini ifodalaydi.
-
Toʻdani yorib kirmoq. Qurshovni yorib chiqmoq.
-
Mirshablar orasidan uchta yosh bola yorib oʻtib, mingboshining kimxob toʻniga, oyogʻiga osildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Norjon bilan Elmurod u yoqdan-bu yoqqa tipirchilab, oldinga yorib oʻtmoqchi boʻlishdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
yor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dardini (yoki koʻnglini) yormoq
-
Dardliman, dardimni kimga yoraman? Ayriliq oʻtida bagʻri poraman. Alpomish
-
Avaz ancha oʻtirib, koʻnglini yordi: — Ogʻa, oʻn kuncha boʻldi, qoʻlimga qalam olmadim. S. Siyoyev, Avaz
Dimogʻini yormoq
-
Murdalar yotmaydi muzli koʻllarda, Dimogʻni yormagay badboʻy qon isi. Mirtemir
-
Dimogʻlarni yoradi murdalar isi. Gʻayratiy
Pix(ini) yorgan
Tilni yoradi
-
Kuz. Bogʻlar tillarang. Uzumlar tilni yoradi. Yo. Shukurov, Uch savol
-
Olinglar, biram shirin chiqdiki jonivor, tilni yoradi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Tish yormoq
-
— Xoʻp, mayli, aytsam aytay, ammo hech kimga tish yormaslik sharti bilan, — dedim men nihoyat rozi boʻlib. F. Nasriddinov, Tundagi voqea
-
Bu toʻgʻrida qoʻshnimizga tish yorgan edim, u: — Bitta, yarimtasini yogʻlamapsiz-da, — dedi. Mushtum
Yurakni yormoq
Qilni qirq(qa) yoradi
Qornini yorsang, alif chiqmaydi
YOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar