yorqin
bilan ulashing
1. Yorugʻ, yogʻduli, nurli; tiniq.
-
Yorqin kun.
-
Quyosh chiqib, anhor yoqasidagi tollarni oltinlatgan, toza, yorqin havo koʻzni qamashtiradi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yorqin koʻklam kunlarining birida Oʻtar jamoadan uyiga odatdagidan barvaqtroq qaytib, ertasi kun maktab ochilishini xabar qildi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Aniq, ravshan, yaqqol.
-
Ahmad Husayn uzoq soʻzladi, dehqonlarning hayotini yorqin, chuqur tafsilli hikoya qildi. Oybek, Nur qidirib
-
Hamid Olimjonning butun ijodida kishilar obrazi yorqin talqin etilgan. N. Safarov, Olovli izlar
-
Romanda shahar tasviri ham togʻ qishloqlarining goʻzal manzaralari ham yorqin ifodalangan. S. Karomatov, Oltin qum
3. koʻchma Baxtiyor, baxtli; nurafshon.
-
Yorqin hayot.
-
Hayot har qachondan koʻra koʻrkam va yorqin edi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Bundan tashqari, u totuv va sogʻlom ishchi oilasida oʻsib, koʻp yorqin damlarni boshdan kechirgan, shuning uchun ham qiyofasi nurga serob edi. P. Qodirov, Uch ildiz
4. Taʼsirchan, esda qolarli; oʻlmas, oʻchmas.
-
U [Yusufjon qiziq] oʻzining yorqin va oʻziga xos talanti bilan oʻtkir hajv yordamida baxtli hayot qurishda oʻzbek xalqiga toʻsqinlik qilgan kuchlarni qahr-gʻazab bilan fosh qildi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Joʻraxonning qahramonligi, jasorati, yorqin xotirasi, ishlari qalblarda, hayotda abadiy qoladi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
5. Yorqin (erkak va xotin-qizlar ismi).
YORQIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁРҚИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yorqin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar