yorlaqa
bilan ulashing
1. Qoʻllab-qoʻltiqlamoq, madad bermoq.
-
Quyosh tangrisi bizni yorlaqasa, shahanshohi Eron askarlari, qurshovda qolgan jayronlarday, qochgani joy topolmay qolgʻaylar. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Avaz ilgari yuzlab gʻazallar, muxammas-u qasidalar yozgan, baʼzi abyotini Tabibiydek zabardast shoir ham maqtagan, shohbayt deb ulugʻlagan, Feruz yorlaqab, inʼomlar bergan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Afv etmoq, kechirmoq, gunohidan oʻtmoq.
-
Bir-ikki daqiqali fikrdan soʻng Ota-bekning: Siz mening bu xatimni oʻqib, gunohlarimni yorlaqab turgan kezlaringizda, albatta, men Margʻilon yoʻlida boʻlsam kerak jumlasini koʻzdan oʻtkazdi-da, Sodiqdan soʻradi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
yorlaqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xudo yorlaqadi
-
— Xayriyat, xayriyat, Abdurasul! — dedi Olaxoʻja, oxiri boshini koʻtarib, — sening ham qadaming biz tomonga tushar kun bor ekan. Nechuk xudo yorlaqadi! P. Tursun, Oʻqituvchi
YORLAQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁРЛАҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yorlaqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar