yoz
bilan ulashing
1. Oʻrogʻliq, taxlangan narsani ochmoq, yoymoq.
-
Gilamni yozib koʻrmoq.
-
Bostirmada Ziyodaxon supra yozib, un elab oʻtirar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Hammasiga dasturxon yozib, suvning oʻrniga sharbat, asal bilan qand-u novvot, ziyofat ustiga ziyofat qildi. Yusuf va Ahmad
2. Gʻijimlanib, bujmayib qolgan narsani tekislamoq.
-
Soliyev xoli qolgach, gʻaladondan sargʻayib ketgan allaqanday qogʻozlarni olib, kafti bilan gʻijimini yozdi. Mushtum
3. Toʻshamoq, solmoq.
-
Bashorat oʻzini qayoqqa qoʻyishini bilmas, opalariga koʻrpacha yozib, yaxshilab oʻtirishlarini iltimos qilar edi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Ona-bola bir oʻrin yozib yotdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Ochmoq, yoymoq; rostlamoq; kermoq.
-
Panjasini yozmoq. Qanot yozmoq.
-
Pirnafas aka qulochini yozib, kuchi boricha sanch-qini otdi. J. Sharipov, Xorazm
5. Toʻplanib, oʻralib, uyilib turgan narsani yoymoq, tarqatmoq.
-
Xirmondagi paxtalarni yozmoq.
-
Besh tanobga solingan tuproqni yozib, ochilgan yerni ham chopib, shudgor qilib qoʻyadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Sochingni yozma dedim-ku! Qulogʻingga tosh bitkur! N. Safarov, Saodatning qissasi
-
Pastroqda zarrin popuklarini yozib, xotin-qizlar artelining bayrogʻi hilpiraydi. A. Muxtor, Opa-singillar
6. Chiqarmoq, ochmoq.
-
Kimdir suqib ketgan tol yogʻochi koʻkarib, yaproq yozdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ariq lablarida nihol barg yozar, Tevarak gulbahor, tevarak koʻrkam. R. Bobojon
7. Tarqatmoq, yoʻqotmoq.
-
Xafaligini yozmoq.
-
Bechora kanizlar dard-alamlarini oʻyin-kulgi bilan chiqarar, gʻamlarini shu bilan yozardilar. J. Sharipov, Xorazm
yoz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻnglini yozmoq
-
Gaplashib, koʻnglimni yozgim kelyapti. S. Ahmad, Yulduz
-
Qoʻshiq aytib, koʻnglimizni yozamiz Erinsak, dutorning torin uzamiz. Yusuf va Ahmad
Oyoqning chigilini yozmoq
-
Ibrohimov oyogʻining chigilini yozgani oʻrnidan turdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Qanot yozmoq
-
Keyin bir toʻxtab oldi-da, [burgut] qanotlarini yozib, oldinga talpindi. Oʻ. Umarbekov, Charos
-
Qalbimda yangi bir orzu — Sherobodga otlanish orzusi qanot yozdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
1. Qogʻoz yoki boshqa narsaga biror belgi (harf, raqam) tushirmoq, yozuv orqali ifodalamoq; bitmoq.
-
Ariza yozmoq.
-
Yozganda ham, tez-tez, kitobga koʻz tashlab, chapdan oʻngga qarab yozardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Boʻtaboy oyogʻi bilan yerga bir nima deb yozdi-yu, yana yoʻlda davom etdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. folk. Bayon qilmoq, aytmoq; ifodalamoq.
-
Sharhi dilim kimga yozsam, Shakar deb dunyoni kezsam. Shirin bilan Shakar
3. Yozma ravishda murojaat qilmoq; matbuot orqali xabar, maʼlumot bermoq.
-
Ha, kimga yozsin boʻlmasa, Oxunboboyevga yozsa boʻlarmidi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Sultonbekdek bir davlatmand oʻz oʻgʻlini mavlud toʻyi bilan kesdi, deb gazetaga yoza-man. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Roʻyxatga kiritmoq, roʻyxatda qayd etmoq; aʼzo qilib olmoq.
-
Shanbalikka hammani yozdi, meni yozmadi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
-
bittagina kir dasturxonni tilga olish bilan bu hovlining jihoz-amlokini — roʻzgʻorini yozib chiqilgan boʻlinur. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. Yozma badiiy yoki musiqaviy asar yaratmoq, ijod qilmoq.
-
Hikoya yozmoq. Opera yozmoq.
-
[Egam Rahimov] Jurnalist sifatida qanchadan-qancha ocherklar, hikoyalar, publitsistik maqolalar yozdi. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
yoz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Peshonaga (yoki xudo) yozgan
-
Xudo bandasini yaratganda, peshonasiga chorakor boʻlasan deb yozmasin. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
— Hay, xudo yozgan koʻrgilik shu ekan-da! — deb hasratini tugatdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
1. eskirgan Ayn. adashmoq 2.
-
Yoʻldan yozmoq.
2. Gunoh qilmoq.
-
— Shu qiynalib yotgan beva-bechoraning qadri bir qushcha yoʻqmi? Axir ular xudoga nima yozibdi! — dedi Abulbaraka. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Xudoga nima yoz-dim? Nahot oʻtgan-ketganning qoʻliga termilib, qarib-chirib ado boʻlajakman? [dedi Matpano]. S. Siyoyev, Yorugʻlik
yoz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aqldan yozmoq
-
Darhaqiqat, aqldan yozib, koʻchalarda ochiq kezish va kishanga tushishning oʻzi ham Zaynab uchun kichkina jazo hisoblanmas edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
YOZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yoz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar