Izoh.uz saytida yo‘l so‘zining izohi va ma’nolari

yo‘l

ot

1. Odamlar, jonivorlar va boshqalar narsalar qatnovi natijasida yer sathida iz bosilib hosil boʻlgan uzun, davomli qism, qatnov qismi.

  1. Soʻqmoq yoʻl. Qirdagi har to-monga ketgan yoʻllar.

  2. Yoʻl adirning eng yotiq yeridan tushgan boʻlsa ham, Turgʻunoy tizzasini ushlab, zoʻrgʻa qadam bosardi. A. Qahhor, Maston

  3. Choʻlning yoʻli ingichka Boychechak

  4. Dovon orqali bitta ot yoʻli bor, xolos. Shu tor yoʻldan Afgʻonistonga oʻtsa ham boʻladi. K. Yashin, Hamza

2. Umuman, kishilar yoki transport kat-novi uchun maxsus belgilangan yer boʻlagi.

  1. Avtomashina qatnaydigan yoʻl. Asfalt yoʻl. Tosh yoʻl. Uzoq yoʻl.

  2. Mashina yoʻlini kesib oʻtayotgan podaga signal berganda, choʻchib oʻziga keldi-yu, atrofga qaradi. S. Ahmad, Yulduz

  3. Mehmonxona yonidagi yer osti yoʻlidan oʻtib, gulzor maydonga chiqishdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. Kema va samolyotlar qatnashi uchun maxsus belgilab qoʻyilgan yoʻnalish, trassa.

  1. Suv yoʻli. Havo yoʻli.

4. Yoʻnalishdagi harakat jarayoni, yoʻlda davom etayotgan yurish.

  1. [Xotin] Kumushga qarab davom etdi: Anu kungi soʻzingiz bilan, yoʻldan qayrilib kirgan edim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  2. Oʻrmonjon yoʻl boʻyi gapirmadi A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  3. Men uning uchun bir ziyoratchi, nazrini beraman-u, yoʻlimga ketaveraman. K. Yashin, Hamza

  4. — Zarari yoʻq, — dedi Meʼmor. — Buni yoʻl mashaqqati deymiz. Mirmuhsin, Meʼmor

5. Yurish, qatnov yoʻnalishi.

  1. Birov Xotiningni ukang nikohlab oldi, uyga bormay qoʻya qol! degan ekan, u ham yoʻlni boshqa yoqqa soldirib ketibdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

6. Biror joy, makonga sayohat yoki boshqa maqsadda qilinadigan yurish; safar.

  1. Yoʻl anjomlari. Yoʻlga hozirlanmoq. Yoʻlga chiq-sang, yoʻldoshing boʻlsin. Maqol

  2. [Otabek] Bu soʻroqni oʻz-oʻziga ham berib koʻrmagan, goʻyo burungidek Margʻilon yoʻliga oshiqib hozirla-nar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. Shoh Mashrab yoʻlga chiqsalar, xudoning qudrati bilan, yerning tanobi tortilib, yoʻl qisqarar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar

7. Bosib oʻtiladigan oraliq; masofa.

  1. Bundan buyon mototsikl yoʻlingizni yaqin qiladi. S. Anorboyev, Toʻrtkoʻzning boshidan kechirganlari

  2. U Miyon Qudrat hazratni ziyorat qilish uchun ozmuncha yoʻlni piyoda bosib keldimi? K. Yashin, Hamza

8. Maʼlum bir transport vositasi uchun yoʻnalish qurilmasi.

  1. Temir yoʻl. Tramvay yoʻli.

  2. Poyezd yoʻli mayda tosh, Boyning qizi qalamqosh. Boychechak

9. Ayrim narsalarning yoʻnalish chizigʻi, joy oraligʻi.

  1. Nafas yoʻli. Siydik yoʻli. Xas-xashaklar suv yoʻlini toʻsib qoʻyibdi.

10. Biror narsaga, yuzaga tortilgan, tushirilgan chiziq, iz.

  1. Bir yoʻli oq, bir yoʻli moshrang beqasam.

  2. Eshikda tikkasiga oq va qora yoʻllardan iborat pijama kiygan, boshyalang Azimboyev koʻrindi. Guldasta

11. Qator, satr; misra.

  1. Bir necha yoʻl xat.

  2. [Anvar Raʼnoga:] Mening yozganimni sen uyat qilmasang, men ham sening yozganingni uyat qilmayman. Lekin shart shuki, mening ikki yoʻlimga javob boʻlsin. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

12. koʻchma Biror narsaning yoʻnalish, kelish-ketish oqimi, yoʻnalishi.

  1. Hayot oʻz yoʻlidan borar, bahor bolalarga oʻz quvonchi, oʻz shodliklarini saxiylik bilan taqdim etgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

  2. Hamza haqiqat yoʻlidan, maʼrifat yoʻlidan, Furqat vasiyat qilgan yoʻldan boradi. K. Yashin, Hamza

13. Faoliyatda amal tarzi, qilinadigan, tutiladigan ish-amal.

  1. Hozir senlarga ikki yoʻl: oʻgʻil, qizingni sotib boʻlsa ham, oʻttiz ikki tangani Azizbek xazinasiga toʻlash yoki es borida etakni yopib, Azizbekni oradan koʻtarish A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  2. Taqdirdan shikoyat qilmadim sira, Sizga ham shu yoʻlni maslahat koʻrdim. Shuhrat

  3. Ikkisining yoʻli ham gumrohlikdan boshqa narsa emas. Biri yigʻib oʻlgan, biri yeb oʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar

14. Kuy, qoʻshiq va shu kabilarda oʻziga xos usul.

  1. Orzu-yu armonimni sheʼriy yoʻlda qaytadan Soʻzlab turibman, balki yoshlik boʻlib bahona. A. Oripov

  2. Zebi kirib, mayda yoʻllardan birini oldi. Dutorning ovoziga endigina oʻz ovozini qoʻshaman deganda, tashqaridan mingboshini chaqirdilar. Choʻlpon, Kecha va kunduz

15. Imkon chorasi.

  1. Hech boʻlmasa, jonni saqla edi sen, Bir yoʻl topib qochmoq kerak bu eldan. H. Olimjon

  2. Sodiqjon boyvachcha changaliga tushgan qizning kimligini bilgisi keldi. Ammo soʻrab bilishning hozir asti yoʻli yoʻq edi. K. Yashin, Hamza

16. koʻm. vzf. (asosan oʻrin-payt kelishigida — yoʻlida) Sabab, maqsad kabi maʼnolarni bildiradi; bora(si)da, uchun.

  1. Kimiki xalq yoʻlida, xalq gʻamida ter toʻksa, qoʻli hamma yerda baland boʻlsin M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  2. Shuning uchun ham senga yetishmoq yoʻlida jonni xatarga qoʻyib, kecha-kunduz yugurganman-da K. Yashin, Hamza

  3. Oʻquvchilarni joʻshqin mehnat faoliyatiga tayyorlash yoʻlidagi izlanishlarimiz hozirning oʻzida oʻz samarasini bermoqda. Gazetadan

yo‘l soʻzi qatnashgan jumlalar:

Yoʻl bermoq

1. Oʻtib ketish uchun yoʻlni boʻshatmoq.
  1. Mansur pastak eshikni ochib, Gavharga yoʻl berdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. Toʻsqin boʻlmaslik, qarshilik qilmaslik; imkon bermoq, yoʻl qoʻymoq.
  1. Ular mehnat ahlini istaganlaricha ishla-tib, hamyonlarini yana ham qappaytirishlari uchun avomning fikrini ochishga yoʻl bermaydilar. K. Yashin, Hamza

Yoʻl bosmoq

Maʼlum masofani yurib oʻtmoq.
  1. Maston necha kilometr yoʻl bosganini va yana necha kilometr bosish kerakligini bilar edi. A. Qahhor, Maston

Yoʻl boshlamoq

1. Yoʻlovchilarni bosh-lab yurmoq.
  1. — Yuring, — dedi Talʼat yoʻl bosh-lab. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. Ish-faoliyatda rahnamolik qilmoq; yetakchilik qilmoq, yetaklamoq.

Yoʻl boʻlsin?

1. Qayoqqa boryapsiz?
  1. Ha, yigitning guli, yoʻlingiz boʻlsin? T. Malik, Ajab dunyo

2. (joʻnalish kelishigi bilan) koʻchma biror ishni bajarish kimsaning qoʻlidan kelmasligini ifodalash uchun ishlatiladi.
  1. Sheʼr yozishga senga yoʻl boʻlsin.

Yoʻl koʻrsatmoq

1. Olib boradigan yoʻlni koʻrsatmoq.
  1. Adashgan yoʻlovchiga yoʻl koʻrsatmoq;

2. Yoʻl-yoʻriq koʻrsatmoq, qanday yoʻl tutishni aytmoq.
  1. [Yormat] Ellikboshiga yalindi: — Man gʻaribga yoʻl koʻrsating. Kimga arz qilay? Oybek, Tanlangan asarlar

Yoʻl olmoq

Biror tomonga yurishni boshlamoq, yoʻlga tushmoq.
  1. Tongotarda hujradan chiqqan Meʼmor karvonsaroy hovlisini kesib oʻtib, darvozadan tashqariga yoʻl oldi. Mirmuhsin, Meʼmor

Yoʻl solmoq

ayn. Yoʻl olmoq.
  1. Yarash polvon toʻgʻri kolxoz idorasiga yoʻl soldi. S. Siyoyev, Otliq ayol

Yoʻl qoʻymoq

ayn. Yoʻl bermoq 2.
  1. Nimaiki ish qilsa, odamlar xursand boʻlishini oʻylashi, saxiyligi bironta kishining bu qizga oʻqrayib qarashiga yoʻl qoʻymasdi. Mirmuhsin, Meʼmor

  2. — Ota, ustoz haqlar, — dedi Hamza. — Hiylaga baʼzan shariat ham yoʻl qoʻyadi. K. Yashin, Hamza

Yoʻlga kirmoq

Yurishni boshlamoq (goʻdak haqida).
  1. Adolat yoʻlga kirdi degandan boshlab topganini sandiqqa tashladi. S. Zunnunova, Olov

  2. qoniga belangan dadangni koʻtarib kirganlarida, sen yoʻlga kirgan eding. Y. Shamsharov, Toshqin

Yoʻlga solmoq

Yaxshi gapirib, aldab-suldab koʻndirmoq, roziligini olmoq.
  1. Boʻtaboy uni [Sodiqni] aldab-suldab yoʻlga solmoqchi boʻldi. S. Ahmad, Hukm

Yoʻlga tushmoq

1. Biror yoʻl bilan (biror tomon) yurishni boshlamoq.
  1. [Nuri] qovun polizni sayr qilishni bahona qipdi-da, akasining oʻgʻli Rafiqjon bilan birga yoʻlga tushdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Toʻgʻri yoʻl, meʼyoriy iz (yoʻnalish)ga tushmoq, shunday holat kasb etmoq.
  1. Savod-sizlikni tugatish boʻyicha oʻqish bir qadar yoʻlga tushib oldi. K. Yashin, Hamza

Yoʻlga chiqmoq

Yoʻlga otlanib yura boshlamoq, yoʻl olmoq.
  1. Vzvod yarim tunda yoʻlga chiqdi, razvedkaga. T. Rustamov, Mangu jasorat

  2. Avzoyidan sezdiki, u shum niyat bilan yoʻlga chiqqan. Yoshlik

Yoʻlga qoʻymoq

Tashkil qilmoq, ishga solib yubormoq; rivojlantirmoq; tartibga solmoq.
  1. Yoshlar oʻrtasida targʻibot ishlarini yoʻlga qoʻymoq.

Yoʻldan ozdirmoq

Notoʻgʻri (nomaqbul) yoʻlga boshlamoq, yomon yoʻlga chalgʻitmoq.
  1. Sizning muloyim, odobli singlingizni ham yoʻldan ozdirishim mumkin. Mirmuhsin, Meʼmor

Yoʻldan toydirmoq

Notoʻgʻri yoʻlga chalgʻitmoq, burmoq.
  1. Musulmonlarni haq yoʻldan toydirmoqchi boʻlgan shul kitoblarni agʻdar-toʻntar qilib, koʻchaga chiqarib tashlagim keldi. K. Yashin, Hamza

Yoʻldan urmoq

Toʻgʻri yoʻldan chalgʻitmoq.
  1. Yoʻq, endi Mengliboyni hech kim yoʻldan urolmaydi. S. Ahmad, Yulduz

  2. Tagʻin meni yoʻldan uryapti deb oʻylamang. Sizni yaxshi koʻrganim uchun aytyapman. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Yoʻldan chiqarmoq

ayn. Yoʻldan urmoq.

Yoʻldan qaytarmoq

1. Orqaga qaytishga majbur qilmoq;
2. Koʻchma kishini yomon xulq yoki nojoʻya xatti-harakatdan tiymoq, toʻxtatib qolmoq.
  1. Muhammadrajab xotini orqali uni shu yoʻldan qaytarishga urindi. A. Qahhor, Sarob

Yoʻli ochilmoq

Baxtli boʻlib, ishi yurishib ketmoq.
  1. Yoʻli ochilgan yigitning yangasi oldidan chiqar. Maqol

Yoʻli tushmoq

Yurishi, safari biron joy, (tomon)ga toʻgʻri kelmoq.
  1. Qabristonga tushganda yoʻlim, Men shu gʻamgin holni koʻraman. A. Sher, Qadimgi kuy

Yoʻli uchun

ayn. Yoʻliga
  1. Yolgʻizgina qizining koʻz yoshlariga yuragi dosh berolmadimi yoki yoʻli uchun shunday qildimi — Abdurahmonboy qizini yupatishga tushdi. K. Yashin, Hamza

Yoʻlingdan qolma

Senda ishim yoʻq, menga keraging yoʻq, ketaver.
  1. Yordam bergan boʻlsangiz, rahmat, yoʻlingizdan qolmang, demaydimi qiz. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Oq yoʻl tilamoq

  1. Ular bilan changga botib borayotganligidan mamnun boʻlib, ichida unga oq yoʻl tilab, deraza pardasini tushirdi. K. Yashin, Hamza


YO‘L so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЙЎЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
2995
So‘zning teskari yozilishi
l‘oy
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
67

yo‘l so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring

Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

yo‘l so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, yo‘l so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

ismlar.com

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 853 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+