zarur
bilan ulashing
1. Biror ish yoki ehtiyoj uchun kerak; kerakli, darkor.
-
Zarur kitob.
-
Bir dehqonga pul zarur boʻlib qolib, koʻm-koʻk tosh noklarni bozorga olib chiqibdi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
2. Tez bajarilishi shart boʻlgan, kechiktirib boʻlmaydigan, muhim.
-
Zarur masala. Bir zarur ish bilan shaharga bordim.
3. kesim vzf. Darkor, kerak.
-
Yosh boʻlsam-da, roʻzgʻor tebratish uchun ota-onamga koʻmaklashmogʻim zarur edi. N. Safarov, Jasoratning davomi
-
— Yoʻq, yoʻq, singlim, — yalindi Rahim Saidov. — Oʻtinaman, hozir bering. Juda ham zarur. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
zarur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zarur kelibdimi
-
Menga zarur kelibdimi? Kindik qonim toʻkilgan joydan kechib-a? H. Nazir, Yonar daryo
Nima zarur
-
Oʻzimni oʻzim qiynab yurgan ekanman. Menga nima zarur ekan-a! Bilganini qilishsin. S. Ahmad, Saylanma
-
Bizning koʻnglimizga qoʻl solish senga nima zarur? Oʻz ishingni bilsang-chi P. Tursun, Oʻqituvchi
ZARUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗАРУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zarur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar