zotiljam
bilan ulashing
Oʻpkaning yalligʻlanishi, oʻpkaning yuqumli kasalligi; pnevmoniya.
-
Zotiljam boʻlmoq.
-
Mamlakat grippni oyoqda oʻtkazib, zotiljamga chalindi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Oʻsha yillari orttirib olgan zotiljam uni ogʻir dardga chalintirib yiqitdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Zargarov kecha shahardan juda ezilib qaytdi-yu, yana yotib qoldi. Zotiljami takrorlanib, ikkala oʻpkasi ham yalligʻlanibdi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
ZOTILJAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗОТИЛЖАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zotiljam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar