zot
bilan ulashing
1. Bir ajdoddan tarqalgan nasl, avlod; nasl-nasab.
-
Ha, Gulnorning tagi past-da. Otasi kim? Onasi kim? Malay, choʻri Zotiga tortadi, zoti past. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Balki zamonlar oʻtib, davrlar shamolida Sovurilar qancha zot, yana qancha buyuklik. A. Oripov, Yurtim shamoli
-
Men soʻrayman millatingni, zotingni, Yashir-mayin aytavergin dardingni. Hasanxon
-
Shayx Ismoil ogʻziga kelganini qaytarmay qargʻar, Sanobarni zoti pastdan olib, zoti pastga solar edi. K. Yashin, Hamza
2. Biror fazilati, xislati bilan ajralib turuvchi, hurmatli kishi.
-
Ulugʻ zot.
-
Bu — Qorabuloq qishlogʻi va atrofiga qozilik qiluvchi maʼlum zot edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
El-ulus sizdek zotlarga gʻoyat muhtojdir [dedi Navoiy]. Oybek, Navoiy
3. Umuman, har qanday shaxs, odam.
-
[Majlisda) Yuqorida ismlari oʻtgan zotlardan boshqa Homid, Rahmat ham Hasanali bor edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Berdiboyning zoye ketgan oʻn besh yillik mehnatini himoya qiladigan bir zot koʻrinmadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
4. Biror tabaqa, ijtimoiy guruh kishi-si, ahli.
-
Olim zoti. Yozuvchi zoti.
-
Karvonboshi Akromboyni oʻz oldiga chaqirib: — Bugun, —
-
dedi, — xaridor zotining saroyga kirishiga yoʻl bermang S. Ayniy, Qullar
5. Jins, nav.
-
Qoramol zoti.
6. sheva Uloqda beriladigan mukofot.
-
Uloq hamon joyida yotganini koʻrgan bakovul zotni oshirdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
zot soʻzi qatnashgan jumlalar:
Zoti oliy
Er(kak) zoti
-
Doya kelgandan soʻng, ichkari hovli erkak zotidan toza-landi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Ayol (yoki xotin, qiz) zoti
-
Ayol zotining bosh-adogʻi zarga oʻralgani bilan, oʻzi yomon boʻlsa, kimga keragi bor? T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Unga bir vadavang: — Bilmayman, asli qiz zoti bilan gaplashgan emasman, — debdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
ZOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar