Ismoiliy
bilan ulashing
1. Ismoiliy Mirzakalon (1908—1986) — yozuvchi, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983).
2. Ismoiliy Oʻrta Osiyo universitetining sharq fakultetida oʻqigan (1928—1930). Oʻzbekiston Davlat nashriyoti (1932—1937), Toshkent kinostudiyasi (1937—1938), Yozuvchilar uyushmasi (1939), Qizil Oʻzbekiston gazetasi (1948—1949) va Sharq yulduzi jurnalda (1949—1950) ishlagan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Qatagʻonga uchrab 1950—1955 yillarda qamalgan. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida boʻlim mudiri (1955—1958) boʻlgan.
3. Ozod inson haqida qoʻshiq hikoyalar toʻplami (1948), Keng maydonlar pyesasi (1949) muallifi.
4. Fargʻona tong otguncha tarixiy romanida (1958—1968) 20-asr boshidagi oddiy kishilarning maʼrifat sari intilishi tasvirlangan. Roman milliy ruhi, favqulodda boy, shirador tili, 20-asr boshidagi xalq hayotining ajoyib tasviri va boshqa gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.
ISMOILIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИСМОИЛИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Ismoiliy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar