afsona
bilan ulashing
1. Folklor janri: avloddan avlodga, ogʻizdan ogʻizga oʻtib kelgan uydirma, toʻqimadan iborat, baʼzan diniy mazmundagi hikoya, rivoyat va sh. k.
-
Togʻ qishloqlarining tesha tegmagan, ishonsa ham, ishonmasa ham boʻladigan gʻalati ertaklari, afsonalari boʻladi. H. Gʻulom, Mashʼal.
2. Koʻchma Asossiz gap, yolgʻon-yashiq, uydirma.
3. Koʻchma Aql bovar qilmaydigan, aqlga sigʻmaydigan narsa,
-
[Odamlar] Mirzachoʻl atalmish qadimiy, bagʻri keng sahroda birga qoʻl tutishib.. afsonalarni haqiqatga aylantirishmoqda. V. Abdullayev, Qanotli orzular
afsona soʻzi qatnashgan jumlalar:
Afsona boʻlmoq
-
Izlab seni har koʻchada, El ichra koʻp sharmanda ham afsona boʻldim sogʻinib. Hamza
Afsona toʻqimoq
-
Ming bir kechaning Shahrizodasi afsona toʻqib, oʻlimdan qutulib qolganday, Muxtorxon ham yuqoridagi singari rivoyatlar panohida omon yuribdi. H. Gʻulom, Mashʼal
AFSONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АФСОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
afsona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar