ajral
bilan ulashing
1. Birikkan, yopishgan yeridan koʻchmoq, uzilmoq.
-
Poʻstlogʻi tanasidan ajralmoq.
2. Birlik, birgalik holatidan chiqmoq, alohida boʻlmoq.
-
..ota-onamning roziliklari bilan ulardan ajralib, xolamnikida turdim. S. Ayniy, Qullar
3. Birlik holatini yoʻqotmoq, aloqani uzmoq (aloqasi uzilmoq).
-
Bugungi taraqqiyot esa tabiiylikdan ajralib qolmoqda. TV dasturidan
-
Elga qoʻshilsang — er boʻlasan, eldan ajralsang — yer boʻlasan. Maqol
-
Bir minut ham ajralmayman elimdan.. H. Olimjon
4. Mahrum boʻlmoq, judo boʻlmoq; ayrilmoq.
-
Mansabdan ajralmoq. oylikdan ajralmoq. Yoridan ajralgan yetti yil yigʻlar, elidan ajralgan oʻlguncha yigʻlar. Maqol
-
Bechora Gulbahor, karvondan ajralgan boʻtaday boʻzlaydi, shoʻrlik. Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Koʻnglingiz oshufta boʻlgan narsadan ajralish — azob. Gazetadan
5. Nikohdan chiqmoq.
-
Meni tergaydigan boʻlsang, ZAGSga boraman, ajralaman, debdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
6. Alohidalik kasb etmoq, farqqa ega boʻlmoq; farqlanmoq.
-
Bu yerda hammadan ajralib turgan shaxs — samarqandlik Toʻgʻonbek edi. Oybek, Navoiy
-
Yigit koʻpgina fazilatlari bilan tengdoshlaridan ajralib turadi. Gazetadan
7. Alohida tarkib hosil qilmoq.
-
Issiqlik energiyasining ajralishi.
-
Yetmagi ajralib qolgan nisholdadek.. Shukrullo
8. kam qo‘llanadigan, aynan Boʻlinmoq.
-
Odatda buloqlar oʻzlarining qaysi togʻ jinslaridan chiqishiga qarab, bir necha turlarga ajraladi. Gazetadan. (j.k.bilan)
9. Alohida-alohida boʻlmoq; boʻlinmoq.
-
Ikkiga ajralmoq. Guruhlarga ajralmoq.
AJRAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЖРАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ajral so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar