ajrat
bilan ulashing
1. Ajramoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Goʻshtni suyakdan ajratmoq. Ish joyini ajratmoq. Gumon doʻstni doʻstdan ajratar. Maqol
-
— Sening muddaong, — dedi hoji, — margʻilonlik kelinni oʻgʻlingdan ajratib yuborish va bu kelining bilan qoldirish — shundogʻmi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Oraga tushib, ikki yoqqa ayirmoq (mas., yoqalashuvchilarni).
-
Odamlar ajratmaganda, bu xotin mulla Norqoʻzini gʻajib tashlar edi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
3. Ayirib olmoq, xalos qilmoq; qutqazmoq.
-
..oʻrtaga Boysunqormirzo tushib, oʻgʻlini zoʻrgʻa jallod qoʻlidan ajratib olgan. Mirmuhsin, Meʼmor
4. Biror maqsad uchun atab, belgilab ayirmoq.
-
Mablagʻ ajratmoq.
-
Bunga qancha yer ajratamiz? — Oʻrmonjon uning savoliga javob bermadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. Navlariga, turiga, xiliga qarab ayirmoq; xillamoq.
-
Saragini sarakka, puchagini puchakka ajratmoq.
-
Anvar hudaychi uchun ajratgan arizalarni qoʻliga olib, oʻrnidan turdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
6. Farqiga bormoq, farqlamoq.
-
Bularning qishloq bolalarimi yo shahar bolalarimi ekanligini ajratib boʻlmaydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Gazetadan
7. Ayirmachilik qilmoq, boshqalardan alohida (yomon) munosabatda boʻlmoq, oʻgay koʻz bilan qaramoq.
-
Nuqul mening bolamni ajratasiz. Soʻzlashuvdan
-
Yoʻq, sen oʻzbeklarni ajratma. Oybek, Quyosh qoraymas
8. Alohida (taʼsirsiz) holatga olmoq.
-
Agar xonadoningizda gripp bilan xastalangan bemor boʻlsa, uni boshqa oila aʼzolaridan ajratish talab etiladi. Gazetadan
AJRAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЖРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ajrat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar